Qoraqalpoğistonda insonlar ölimi bilan boğliq ayançli YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 19 dekabr kuni soat 16:30 larda Kegeyli tumanining Qumşungil ovuli hududida, “Nukus-Çimboy-Taxtaköpir” avtomobil yölida sodir bölgan. 1986 yilda tuğilgan A.S. Labo maşinasini “Nukus-Çimboy” yönalişida boşqarib ketayotib, quvib ötiş qoidasini buzgan holda qarama-qarşi yönalişga çiqqan va 32 yoşli Z.J. boşqaruvidagi Damas bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Labo haydovçisi A.S. hamda Damas yölovçisi, 1962 yilda tuğilgan M.D. (ayol) voqea joyida halok bölgan. Damas’ning yana bir yölovçisi, 1962 yilda tuğilgan T.B. esa Kegeyli tumani tibbiyot birlaşmasida vafot etgan.

Şuningdek, Labo maşinasida yölovçi sifatida kelayotgan 27 yoşli A.Ye. öng yelka suyagi yopiq sinişi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga köra, 19 dekabr kuni respublika böyiça 7 kişi (Buxoro, Samanqand, Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarida 1 kişidan, Qoraqalpoğistonda 3 kişi) YTHlar oqibatida vafot etgan. Bu raqam dekabrning 19 kunida 130 kişiga, yil boşidan 19 dekabrga qadar esa 1848 kişiga yetgan.

Avvalroq Jizzaxda ikkita yuk maşinasi töqnaşuvida bir kişi halok bölgandi.