Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OKMK: Molibden ishlab chiqarish miqdori oshiriladi
Foto: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodi tarkibidagi Noyob metallar ishlab chiqarish sexi kengaytirilmoqda.
Ushbu sexda asosan tarkibida miqdori 25%dan kam bo‘lmagan molibden kuyindisi hamda tarkibida 69,3% kam bo‘lmagan reniy bo‘lgan perrenat ammoniy olinadi.

Ayni kunlarda ushbu sexdagi mavjud 4ta pechga qo‘shimcha yana 2ta pech qurilmoqda. Bu pechlarni mart oyida ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Ushbu pechlar kombinatning o‘zida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarish quvvati chet elnikiga nisbatan 30%ga yuqori. Pechlarni o‘rnatish ishlari ham kombinatning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangi qurilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasidan keladigan yarim tayyor mahsulotlar ham ushbu sexda qayta ishlanadi.
Bundan tashqari, sexning yarim tayyor mahsulotlarni saqlash ombori ham kengaytirilmoqda.
Molibden kuyindisini kombinatning o‘zida chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan, perrenat ammoniy esa to‘liq eksportga jo‘natiladi.
Molibdendan metallarni legirlashda, qattiq qotishmali texnologik uskunalar tayyorlashda foydalaniladi.

Perrenat ammoniydan esa harbiy maqsadlarda raketalarga, radiotexnikada hamda katalizatorlarda foydalaniladi.
Hozirgi kunda sexda yiliga 750 tonna molibden kuyindisi olinayotgan bo‘lsa, yangi pechlarning ishga tushirilishi hisobiga bu ko‘rsatkich 1200 tonnaga yetkaziladi.
OKMK Axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:00 / 25.10.2025
3-Mis boyitish fabrikasi - yangi industrial taraqqiyot sari qadam
11:00 / 24.07.2025
OKMKda yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda
12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi
13:54 / 12.12.2024