Tadbirda OKMK rahbariyati, Jizzax viloyati hokimligi mas’ullari, Xitoy Xalq Respublikasining «Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.» pudrat taşkiloti rasmiy vakillari, mehnat faxriylari iştirok etişdi.

Tadbirda söz olganlar zavodning kombinat işlab çiqariş zanjiridagi ahamiyati muhim ekanligini hamda uşbu hududning aholi bandligini ta’minlaş va iqtisodiy rivojlanişiga zamin yaratişini ta’kidlaşdi.

Şundan söng, OKMK rahbariyati, pudrat taşkiloti rasmiylari hamda nuroniylar iştirokida ramziy tasma kesilib, ramziy kapsula belgilangan joyga qöyildi va zavodning qurilişi rasman start oldi.

Uşbu Ohak zavodi 1-, 2-, 3- va 4-mis boyitiş fabrikalari, mis eritiş zavodlari, rux zavodi, Angren, Çodak hamda Xonjizza kon boşqarmalarini texnologik jarayonlari uçun zarur bölgan reagent - ohak bilan ta’minlaydi.

Zavod Xitoy Xalq Respublikasining «Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.» kompaniyasi tomonidan quriladi.

Zavodning quvvati sutkasiga 2200 tonna, yiliga 737 ming tonna mahsulot işlab çiqarişni taşkil etadi.
Mahsulot işlab çiqariş uçun xomaşyo Jizzax viloyati, Foriş tumanidagi Çimqörğon-1, Çimqörğon-2 ohaktoş konlaridan olinadi.

E’tiborlisi, uşbu zavod işga tuşişi natijasida 323 ta yangi iş örinlari yaratiladi.
Reklama huquqi asosida







