Jahon | 09:02 / 01.03.2018
3843
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Venesueladan neft importini butunlay taqiqlashi mumkin

Foto: Christian Hartmann/Reuters

AQSh prezidenti ma'muriyati Venesuela neft bozoriga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters Oq uydagi vaziyatdan xabardor anonim manbaga asosan xabar berdi.

Bu Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yish qarori bilan bog‘liq, Vashington esa bunga qarshi chiqyapti. Agentlik manbasi AQSh Venesueladan neft importiga butunlay taqiq qo‘yishi mumkin ekanini istisno etmadi.

«O‘ylashimcha, bu qisqa muddatli istiqbolda neft bozoriga ancha jiddiy zarba beradi», - deya ta'kidlab o‘tdi Oq uy amaldori.

Biroq, uning ta'kidlashicha, yakuniy qaror qabul qilinmagan hamda prezident ma'muriyati bu masalani ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid