Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov «Kreml hisoboti» haqida keskin fikr bildirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh Moliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan «Kreml hisoboti»ni «avval kuzatilmagan ahmoqlik» deb atadi hamda «bu borada vaziyat o‘zgarishi»ni ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«AQShning yangi ro‘yxati. Insoniyat tarixida avval hech qachon kuzatilmagan o‘ziga ishonch va ahmoqlik! Zamonaviy dunyoda bunday ahmoqona qadamlarni qo‘yish mumkin emas. Ular Rossiyasiz bironta ham xalqaro muammoga yechim topa olmaydi. Bu borada vaziyat o‘zgaradi! Hamda u AQSh arboblarining tushiga ham kirmagan effektga ega bo‘ladi!» - deya ma'lum qildi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Moliya vazirligi «Kreml hisoboti»ni e'lon qilgani xabar berilgandi. Undagi ro‘yxatdan rossiyalik 114 siyosatchi va 96 tadbirkor nomi o‘rin olgan.
Bundan avval «Kreml hisoboti»dan boyligi 1 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan tadbirkorlar joy olgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
09:15 / 01.07.2026