Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafiqaning ukasi yaqin qarindosh hisoblanadimi?
SAVOL: Yaqin qarindoshlarga kimlar kiradi? Shuningdek xotinimning ukasi, ya'ni qaynim yaqin qarindoshga kiradimi?
E.Rahimberdiyev
JAVOB: Oila kodeksining 57-moddasiga asosan bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya'ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga muvofiq, yaqin qarindoshlar deganda, qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya'ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari tushuniladi.
Savolga huquqshunos Nafisa Usmonova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
17:45 / 26.02.2026
Malakali yuridik yordam: Konstitutsiya kafolatlagan huquq va zamonaviy muammolar
11:37 / 23.01.2025
Toshkentda advokat va yurist qo‘lga olindi
11:45 / 08.10.2022
Davlat hisobidan beriladigan advokatni elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi
10:06 / 17.10.2020