Kanadaga boriş, viza turlari va uni oliş talablari, oylik maoşlar haqida Torontoda öz yuridik firmasiga ega özbekistonlik yurist Rahmatjon Sobirov bilan suhbat taşkil etgan edik.
Suhbatimizning 2-qismida özbek biznesmenlari Kanada bozoriga qanday kirişi mumkinligi, Kanadaga soxta viza tayyorlab beruvçi firibgarlar, fuqarolik va söz erkinligi kabi masalalarda söz bordi.
– Özbekistonlik tadbirkorlar qanday qilib Kanada bozoriga kirib kela oladi va Kanada bozori biznesmenlarimizga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
– Katta yoki kiçik biznes vakili bölsin, hozirda hamma öz mahsulotini çetga eksport qilişni xohlaydi. Özbekistondagi katta korxona, fabrika va xususiy sektor egalari, sarmoyasi bölganlar Kanadada öz nomiga korxona sotib olişadi yoki oçişadi. Bu orqali 300 mln.dan ortiq iste'molçisi bölgan va aholining xarid qobiliyati yuqori Amerika bozoriga kirişga imkoniyat paydo böladi.
Kanada – rivojlangan bozor, oçiği bu bozorga kiriş oson emas. Sabr bilan yillar davomida iste'molçilarni öz mahsulotingizga jalb qilişingiz mumkin. Kanada korxonasiga aylanganingizdan söng esa Kanada hukumati sizni töliq qöllab-quvvatlaydi.

Xorijlik tadbirkorlar uçun mamlakatiga qarab diskrinimatsion talablar yöq. Kanada bozoriga kirayotgan biznesmenlar faqatgina Kanada bozorini ham emas, balki AQŞ bozorini ham örganişi kerak. Sababi Kanada taşqi savdosining 80 foizi AQŞ bilan.
Bundan taşqari, tadbirkorlar bu yerda ham aynan özlarining bizneslarini davom ettirişi şart emas: Kanadadagi tayyor kiçik va örta bizneslardan birini sotib oliş orqali brendni rivojlantirişda davom etiş mumkin.
– Hozirda şunday biznesmenlarimiz mavjudmi?

– Ha, albatta. Latviya, Dubay, Rossiya va Qozoğistonda öz biznesiga ega vatandoşlarimiz hozirda Kanadaga kirişga harakat qilişmoqda. Sababi, yuqorida aytganimdek, Kanada – AQŞ bozoriga darvoza vazifasini bajaradi. Bizda biznes faoliyatini yaxşi yölga qöya olgan biznesmenlar Kanadadagi tartibli biznesda juda ham kuçayib ketişadi.




















