Hujjat 5 ta bob, 34 ta moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş tamoyillari, sohadagi davlat siyosati asosiy yönalişlari belgilanmoqda, fuqarolar yuridik yordam olişga bölgan huquqlari kafolatlari kuçaytirilmoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam körsatiladigan işlar röyxatiga fuqarolik va ma’muriy işlarni kiritiş orqali fuqarolar bepul yuridik yordam oliş imkoniyatlari hamda davlat hisobidan yuridik yordam oluvçi şaxslar doirasi kengaytirilmoqda.
Belgilanayotgan normalar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlaş tartibi joriy etiladi.
Işçi guruh yiğilişida qonun loyihasi deputatlar taklif va tavsiyalari asosida takomillaştirildi, loyihadagi normalar amaldagi qonunçilikka muvofiqlaştirildi, havolaki normalar örniga töğridan töğri işlaydigan normalar kiritildi.
















