Sanksiyalar, Afğoniston va Markaziy Osiyo ittifoqi - Entoni Blinken bilan suhbat
|17:10 / 03.03.202328 98911 min
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Toşkentga safari davomida Kun.uz'ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo va AQŞ munosabatlari, Ukrainadagi uruşning mintaqaga ta’siri, Özbekistondagi özgarişlar va “Tolibon” haqida gapirib ötdi.
— Janob kotib, suhbatga rozilik berganingiz uçun rahmat. Suhbatimizni Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ munosabatlarining hozirgi holati haqidagi savoldan boşlamoqçiman. Xalqaro maydondagi voqealar, xususan Ukrainadagi uruş fonida AQŞning bu mintaqadagi davlatlarga nisbatan taşqi siyosatida özgariş böldimi?
— Avvalo, bizning Markaziy Osiyodagi har bir mamlakat bilan aloqalarimizning boşlanişi ular mustaqillikka erişgan paytga borib taqaladi. Bu aloqalarimiz AQŞning Markaziy Osiyo davlatlari suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy quvvatlab-quvvatlaşiga asoslangan. Lekin öylaymanki, oxirgi yillarda özaro munosabatlarimiz bir qator sohalarda çuqurlaşib, mustahkamlanib boryapti. Biz kattaroq iqtisodiy imkoniyatlarni yaratişga, muştarak muammolarga birgalikda yeçim izlaşga intilyapmiz. Iqlim özgarişidan tortib energiyagaça bölgan sohalarda, xalqlarimiz örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş borasida, qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida çuqurroq integratsiyani yölga qöyiş borasida hamkorlik qilyapmiz.
Bu hamkorligimiz biz C5+1 deb ataydigan platforma doirasida amalga oşmoqda. Keça bu guruhning Qozoğistonda bölib ötgan uçraşuvida iştirok etdim. AQŞ va Markaziy Osiyo örtasidagi hamkorlik aloqalari kuçayib boryapti. Biz muştarak muammolarni birgalikda hal qiliş, Markaziy Osiyoga köproq investitsiya olib kelişda yaxşi hamkor bölişga umid qilamiz. Qolaversa, hamkorlarimizga öz fuqarolarining salohiyatlarini röyobga çiqarişda kömaklaşamiz. Umuman, bu yönalişlarning barçasida birgalikda iş olib boryapmiz.
— Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan uzoq yillik aloqalarga ega, u mintaqaning asosiy savdo hamkori hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlarining yangi investitsiya va daromad manbalarini şakllantiriş uçun vaqt kerak. Bu haqda siz ham Qozoğistonga safaringiz davomida töxtalib ötdingiz va Rossiyaning sanksiyalar natijasida iqtisodiy zarar körgan hamkor davlatlari kompensatsiya olişini aytdingiz. Şu haqda batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
—Avvalo, Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatlaridan Markaziy Osiyo davlatlari va mintaqa aholisi aksariyat boşqalarga qaraganda köproq zarar kördi. Bu eng avvalo prezident Putin energiya va oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligiga qarşi çiqqan mamlakatlarga qarşi qurol qilib işlatganida körinadi. Bu hamma joyda, jumladan ayrim davlatlarning energetik jihatdan boy bölişiga qaramay, Markaziy Osiyoda ham narx-navoning oşişiga olib keldi. Biz narxlarni pasaytiriş va odamlar bundan zarar körmasliklari uçun jahon bozorlarida yetarliça energiya sotilişi yölida köp işlarni amalga oşirdik.
Mavzuga oid
Ikkinçidan, oziq-ovqat masalasi. Putin uni ham qurol sifatida işlatdi. Ukraina – dunyoga don yetkazib beruvçi asosiy mamlakatlardan biri. Ular Odessa portini qölga olib, u yerdan don eksportini töxtatib qöyişdi. BMT va Turkiyaning don yölagini yaratiş borasidagi sa’y-harakatlari natijasida ğalla eksporti qayta yölga qöyildi. Bu öz navbatida hamma uçun narxlarni pasaytirdi.
Dunyo böylab önlab davlatlar körsatgan agressiyasi sabab Rossiyaga sanksiyalar joriy etyapti. Biz şunçaki kunlarning birida “o, Rossiyaga sanksiyalar kiritsak qanday yaxşi bölardi-a?” degan yösinda bu qarorga kelganimiz yöq. Gap şundaki, ular boşqa bir davlatga bostirib kirib, uning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suverenitetiga xavf solişdi. Dunyo davlatlarining bunga qarşi turişi muhim edi. Öylaymanki, suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlik prinsiplarini himoya qiliş qançalik muhim ekanini, biz şuning uçun ham sanksiyalar kiritayotganimizni Markaziy Osiyo xalqlari ham juda yaxşi tuşunadi. Agressiyasi uçun sanksiyalar vositasida tovon tölayotgan Rossiya agressiyani töxtatişi, öz fikrini özgartirişi va özi boşlagan uruşni tugatişidan umid qilyamiz.
Qolaversa, Rossiya bilan endilikda sanksiyalar bilan taqiqlangan yönalişlardagi biznes aloqalariga ega kompaniyalar yoki mamlakatlar uçun ikkinçi yoki uçinçi darajali oqibatlar borligi ham haqiqat. Bu borada biz qator mamlakatlar, xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqindan iş olib boryapmiz, ularga nima talab etilişi va nima talab etilmasligini tuşunişlariga yordam beryapmiz. Siz aytganingizdek, ayrim holatlarda uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan biznes aloqalarini töxtatiş uçun vaqt kerak böladi. Biz bunday kompaniyalarga vaqt beryapmiz. Qolaversa, sanksiyalarga qaramay, biznesni davom ettirişi uçun litsenziyalar berişimiz mumkin bölgan ayrim holatlar ham bor.
— Markaziy Osiyo davlatlarining taşqi iştirokçilarsiz, alohida iqtisodiy ittifoq tuzişi ehtimolini AQŞ qanday köradi?
— Öylaymanki, bu mamlakatlarning özlari qabul qiladigan suveren qarorlar orqali böladi. Bizning işonçimiz komil, Markaziy Osiyo mamlakatlari qança çuqur integratsiyaga kirişsa, odamlar uçun şunça foyda. Misol uçun, bu beşta kiçikroq bozor örniga bitta katta bozorni yaratgan bölar edi. Natijada bu dunyoning turli joylaridan yana ham köproq investitsiya jalb qiliş mumkin böladi. Markaziy Osiyo içidagi özaro aloqalar, savdo va investitsiya oqimini osonlaştiriş iqtisodiy ösişni ham rağbatlantiradi, bundan hamma mamlakatlar aholisi naf köradi. Buni qanday amalga oşiriş böyiça qarorlarni şu mamlakatlarning özlari qabul qilişadi, çetdan turib boşqalar emas.
— AQŞ Afğonistonni tark etdi, lekin u yerda xavfsizlik borasidagi muammolar saqlanib qolyapti. Afğonistonning hozirgi hukumati bilan qandaydir aloqalar örnatiş rejangiz bormi? Bu mamlakat borasida Özbekistonning pozitsiyasi haqida qanday fikrdasiz?
— Albatta, “Tolibon” bilan aloqalarimiz bor. Afğonistonda “Tolibon” tomonidan töntariş qilinganidan beri ular bilan aloqada bölib turibmiz. Xuddi şunday, boşqa mamlakatlar ham. Lekin öşa paytda “Tolibon” mamlakatni qanday boşqarişi va boşqa davlatlar bilan munosabatlarga kirişişi borasida muayyan va’dalarni bergandi.
Dunyo mamlakatlari “Tolibon”dan nima kutayotganini Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Xavfsizlik kengaşida aniq bildirgan: inson huquqlari, ayniqsa ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, faqat “Tolibon” emas, hammani öz içiga olgan inklyuziv hukumat tuziş, insonlarning Afğonistonga erkin keliş va ketiş huquqini ta’minlaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş şular jumlasidan. Lekin afsuski, biz öşandan beri “Tolibon” teskari yönalişda harakatlanib, öz va’dalarining heç birini bajarmayotganini köryapmiz.
Biz Afğonistonga eng köp insonparvarlik yordami yuborgan davlatmiz, çunki biz odamlar aziyat çekişini xohlamaymiz, lekin amalda şunday bölyapti. Biz oziq-ovqat, dori-darmon va asosiy vositalar afğonlarga yetib borişi uçun jiddiy çoralar köryapmiz. “Tolibon” insonparvarlik yordamini yetkazişda ayollarning iştirokini taqiqlab qöyib, işimizni qiyinlaştirdi. Umuman, aytib ötilgan yönalişlarning har birida vaziyat yaxşilanib emas, yomonlaşib boryapti.
Agar “Tolibon” boşqa mamlakatlar, xususan AQŞ bilan normal aloqalarni yölga qöyişni istasa, nima qilişi kerakligini, dunyo ulardan nima kutayotganini biladi. Öylaynmanki, Özbekiston va boşqa musulmon mamlakatlari bu masalada muhim öringa ega, çunki ularning ular ovozi “Tolibon” uçun bizning ovozimizdan köra ma’noliroq va salmoqliroq bölişi mumkin.
Şunday ekan, biz Özbekiston kabi mamlakatlarning “Tolibon” bilan muloqotga kirişib, boşqa mamlakatlar bilan normal aloqa örnatiş uçun nima qilişlari kerakligini ularga tuşuntirayotganini qadrlaymiz va olqişlaymiz.
— Özbekiston va AQŞ örtasida ta’lim, gumanitar va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni kengaytariş böyiça qanday rejalar bor? Yaqin orada Özbekiston fuqarolari uçun viza rejimi osonlaştirilişini kutsak böladimi?
— Biz xalqlarimiz örtasidagi aloqalar mustahkamlanişini xohlaymiz va bu borada iş olib boryapmiz. Masalan, ta’lim sohasida allaqaçon juda yaxşi loyihalarni amalga oşiryapmiz. Bu yerdaligimda yoş özbeklar ingliz tilini örganayotgan darsxonalarda böldim, ular bu yerda öqiyotganiga endigina 3-4 oy bölgan bölsa ham, til könikmalaridan hayratga tuşdim.
Biz hukumat bilan 15 ming nafar ingliz tili öqituvçilarining malakasini oşiriş ustida işlayapmiz. 10 mingdan ortiq maktablarga ingliz tili darsliklarini yetkazib beramiz. Buning ahamiyati faqat yangi bitta tilni örganişdangina iborat emas. Hozirgi davrda ingliz tili xalqaro tilga aylangan. Biznes yuritiş, internetdagi ma’lumotlardan foydalaniş, madaniyat va sohalari kabilarda ingliz tilini biliş muhim. Qolaversa, bizning almaşinuv dasturlarimiz özbek va ingliz tillarida gapiruvçilar uçun juda foydali.
Ta’limdagi dasturlarimiz bu yerdagi bolalarga barça imkoniyatlardan foydalaniş, iqtisodiy imkoniyatlarni işga soliş, işga joylaşiş va global bozorlarda raqobat qiliş uçun kerakli könikmalarni beradi. Biz boşqa sohalarda ham bu kabi imkoniyatlarni kengaytiriş çoralarini köramiz.
— Oçiqlik, söz erkinligi va diniy erkinlik borasida Özbekistonning hozirgi hukumati qilgan özgarişlarni qanday baholagan bölardingiz?
— Özbekiston prezident Mirziyoyev ta’riflayotganidek Yangi Özbekistonni quriş tomon muhim qadamlarni taşladi. Bu özgarişlar barça fuqarolar uçun kattaroq iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi. Inson huquqlarini qöllab-quvvatlaş va mustahkamlaş, qonun ustuvorligi kabi yönalişlarda jiddiy qadamlar taşlanganini kördik. Lekin prezidentning özi ham ta’kidlaganidek, hali köp işlar qilinişi kerak. Bunday dunyoqaraşning borligi juda muhim. Qolaversa, bu dunyoqaraşni amaliyotga tatbiq etiş masalasi.
Bugun prezident bilan suhbatimizda ommaviy axborot vositalari erkinligi uçun köproq şaroitlar yaratiş, boşqa davlatlardan kelayotgan dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş, fuqarolik jamiyatini kuçaytiriş, diniy erkinlik böyiça erişilgan yutuqlarni yana ham mustahkamlaş haqida fikr almaşdik. Paxtaçilikda majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani ayniqsa tarixiy yutuq böldi. Öylaymanki, Özbekistonda kelajakka ziyrak nazar va öz belgilagan yöli bor. Biz bu yölida Özbekistonga yaxşi hamkor bölamiz, degan umiddamiz.