Özbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 mlrd dollarga yetdi. Umumiy qarzlar esa 60 mlrd dollardan oşgan
|23:07 / 06.09.202454 31412 min
1 iyul holatiga, Özbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 milliard dollardan oşgan. 2017-2023 yillarda bu miqdor 3 barobarga köpaygan. Xalqaro valuta jamğarmasiga köra, yil boşida Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 53 mlrd dollar bölgan. Taşqi qarzlar nega bunçalik tez ösyapti, xavotirlar qançalik asosli?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
2024 yilning 1 iyul holatiga, Özbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 mlrd dollardan oşdi. Tegişli ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytiga joylangan.
Davlat qarzining 30,9 mlrd dollari – taşqi qarz, 6,1 mlrd dollari esa – içki qarzni taşkil etadi.
Davlat qarzi 2024 yil 1-çoragiga nisbatan 1 mlrd 679 mln dollarga köpaygan. YaIMga nisbatan uluşi ham 1,5 foizga oşib, 31,7 foizdan 33,2 foizga yetgan.
Taqqoslaş uçun, 2023 yilning 1 iyul holatiga davlat qarzi 31 mlrd 628 mln dollarni taşkil etgan. Bir yil içida uşbu körsatkiç 5,4 mlrd dollarga yoki 17 foizga oşgan.
Yuqori sur’atda ösayotgan qarz
Sönggi yillarda Özbekiston taşqi qarzining ösiş sur’ati keskin oşdi. Xususan, 2017 yil yakunlari böyiça davlat qarzi 11,6 mlrd dollarni taşkil etgan bölsa, 2023 yilning oxiriga kelib 34,9 mlrd dollarga yetdi yoki 3 barobarga köpaydi.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
Birinçi yarim yillik yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 42 foizi (13 mlrd dollar) budjetni qöllab-quvvatlaşga, 19 foizi (5,7 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 9 foizi (2,7 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 9 foizi qişloq va suv xöjaligiga (2,7 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
Joriy yil 1 iyul holatiga davlat taşqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanişi quyidagiça:
Jahon banki — 6,7 mlrd dollar;
Osiyo taraqqiyot banki — 6,5 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 4,2 mlrd dollar;
Xitoy moliya taşkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
Yaponiya moliya taşkilotlari — 2,5 mlrd dollar;
Mavzuga oid
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,3 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki — 921 mln dollar;
Fransiya moliya taşkilotlari – 823 mln dollar;
Koreya moliya taşkilotlari — 735 mln dollar;
Xalqaro valuta jamğarmasi — 735 mln dollar;
Germaniya davlat banki — 268 mln dollar;
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki— 226 mln dollar;
Boşqa xalqaro moliyaviy taşkilotlar — 2,2 mlrd dollar.
Özbekistonning qarzi qança: 37 mlrd dollarmi yoki 60 mlrd dollar?
Taşqi qarz ikki turga bölinadi: davlat qarzi va xususiy (korporativ) qarz. Ayni paytda Özbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollar, bu haqda yuqorida batafsil yozdik. Öz navbatida, Özbekistonda röyxatdan ötgan sub’yektlar davlat kafolatisiz taşqi qarz olsa, bu xususiy taşqi qarz deya qayd etiladi. Şunday bölsa-da, bunday “xususiy” qarzlarning katta qismi davlatga tegişli kompaniyalar hissasiga töğri keladi. Masalan, Özsanoatqurilişbank, Asakabank va Aloqabank Xitoy banklaridan kredit olib, yangi binolar qurmoqda.
Agar Özbekistondagi davlat banki yoki korxonasi öz nomidan va davlatning rasmiy kafolatisiz qarz olsa, bu xususiy qarz hisoblanadi. Lekin bu qarz davlat banki tomonidan olinayotgani sababli, uni “yarim davlat” yoki “kvazi-davlat” qarzi sifatida ham tasniflaş mumkin, çunki qarz oluvçi – davlatga tegişli yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan taşkilot. Bu qarz davlat qarziga kirmaydi, lekin davlatning moliyaviy barqarorligiga ta’sir qilişi mumkin, ayniqsa, davlat korxonasi olgan qarzini qoplaşda qiyinçilikka duç kelgan paytda.
Özbekiston Markaziy banki ham, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ham davlat taşqi qarzi va umumiy taşqi qarz haqida töliqroq va kengaytirilgan hisobot şaklida ma’lumot berib borişni töxtatib qöygan. Masalan, Markaziy bankning “Özbekiston Respublikasi tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi” haqidagi hisoboti oxirgi marta 2022 yil 1-çorak yakunlari böyiça e’lon qilingan. IMVning “Davlat qarzi holati va dinamikasi şarhi” 2022 yilning 3-çorak yakunlari böyiça taqdim qilingan.
Har ikkala idora ham, Kun.uz söroviga javoban, kengaytirilgan ma’lumotlar berib borişning töxtatilganini xalqaro taşkilotlar bu boradagi talabni olib taşlagani bilan izohladi.
Oxirgi oçiqlangan ma’lumotlarga köra, 2022 yilning 1 aprel holatiga Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 38,8 mlrd dollarni (şundan davlat taşqi qarzi – 23,4 mlrd dollar [hozir 30,9 mlrd dollar], xususiy taşqi qarz – 15,4 mlrd dollar) taşkil etgan. Öşa paytda xususiy taşqi qarzning 76 foizi (11,75 mlrd dollar) bank va yoqilği-energetika sektoriga jalb qilingan bölgan.
Xalqaro valuta jamğarmasi ma’lumotlariga köra, 2023 yil yakuni böyiça umumiy taşqi qarz (davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz, kafolatlanmagan davlat korxonalari qarzi va xususiy taşqi qarz) 53 mlrd dollar yoki YaIMning 60 foiziga yetgan.
Şuningdek, 6,1 mlrd dollarlik davlat içki qarzi ham mavjud ekani, joriy yil birinçi yarmida ham qöşimça taşqi qarz mablağlari jalb qilinganini hisobga olsak, umumiy qarz miqdori 60 mlrd dollardan oşganini taxmin qiliş mumkin.
Xalqaro ekspertlarning qayd etişiça, Özbekistonning qarzi boşqa past daromadli mamlakatlarga qaraganda tezroq oşib boryapti. Ammo XVJ mamlakatning davlat qarzi bilan boğliq muammolarga uçraş xavfini juda past darajada baholagan. Hukumat vakillari ham taşqi qarz hajmi mamlakat iqtisodiyoti va aholi soniga nisbatan katta emasligini ta’kidlab keladi. Ayrimlar Yaponiya va AQŞ kabi mamlakatlarning ham katta qarzi borligini misol qilib keltirib, Özbekiston uçun heç qanday tahdidlar mavjud emasligini aytadi. Ammo bu yerda uşbu mamlakatlar bilan jiddiy farqlar bor.
Qarz miqdorining oşib borayotgani quyidagi omillar sabab ehtimoliy xatarlarni yuzaga keltirişi mumkin.
Birinçidan, Özbekiston iqtisodiyoti yetarli darajada diversifikatsiyalanmagan. Mamlakat eksporti köproq tabiiy resurslar (oltin, uran, mis) va ma’lum bir sohalarga boğliq. Pul ötkazmalarining YaIM ösişidagi uluşi katta. Bu turdagi iqtisodiyot taşqi bozor şoklariga ançayin sezgir böladi.
Ha, AQŞ (35 trln dollar) yoki Yaponiya (4,43 trln dollar) kabi rivojlangan davlatlarning ham katta miqdorda taşqi qarzi bor. Ammo yuqoridagi mamlakatlar juda katta işlab çiqariş va eksport potensialiga ega. Ya’ni ularning iqtisodiyoti töliq diversifikatsiyalangan.
Ulardan farqli, oltin yoki mis narxining tuşib ketişi, rubl kursining tebranişi natijasida pul ötkazmalarining qisqarib ketişi Özbekiston uçun jiddiy risklarni yaratadi.
Ikkinçidan, milliy valutaning qadrsizlanişi bilan boğliq xavflar mavjud. 2024 yilning 1 iyul holatiga köra, davlat taşqi qarz portfeli valuta tarkibining 71,4 foizi AQŞ dollari, 7,2 foizi Yaponiya iyenasi, 7,1 foizi SDR (maxsus qarz oliş huquqlari), 7 foizi yevro, 2,2 foizi yuan, 2 foizi özbek sömi, 3,3 foizi boşqa valutalardagi taşqi qarz hissasiga töğri kelgan.
Ya’ni davlat taşqi qarzining qariyb 98 foiz qismi xorijiy valutada jalb qilingan. Valuta kursining keskin özgarişi va özbek sömining ehtimoliy qadrsizlanişi xizmat körsatiş xarajatlari va miqdoriga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin. Masalan, 2023 yilda özbek sömi kuçli bosim ostida qoldi va dollarga nisbatan 9,8 foizga qadrsizlandi. Joriy yil 1 sentabr holatiga bu körsatkiç 2,64 foizni taşkil qilgan. Qarzga xizmat körsatiş xarajatlari uçun mablağ milliy valutada şakllanişini inobatga olsak, qarz yuki milliy valuta qadrsizlanişi bilan yanada ortadi.
Milliy valutaning statusi jihatdan ham AQŞ va Yaponiya taşqi qarzi Özbekistonnikidan farq qiladi. AQŞ dollari xalqaro zaxira valutasi bölib, Qöşma Ştatlar qarzining köp qismi öz milliy valutasida töplanadi. Bu AQŞga öz qarz majburiyatlarini ança qulay şaroitlarda qaytariş imkonini beradi. Yaponiya ham içki qarzning köp qismini öz milliy valutasida (iyena) olgan. Özbekistonning milliy valutasi (söm) xalqaro bozor uçun zaxira valuta hisoblanmaydi, bu esa xalqaro qarzlarni qaytarişda foiz tölovlaridan taşqari, almaşuv kursi tebranişi bilan boğliq muqarrar tölovlar ham borligini anglatadi.
Uçinçidan, global inflyatsion holatning yomonlaşişi fonida Markaziy banklarning qattiqlaştiriş siyosati va foizlarni oşirişi xalqaro bozorlarda qarz va kapital narxini keskin qimmatlaştirib yubordi. Bu esa Özbekistonga öxşagan rivojlanayotgan mamlakatlar uçun taşqi qarz jalb qilişni qiyinlaştiradi.
Yaponiya va AQŞ xalqaro moliyaviy bozorlarda yuqori kredit reytingiga ega davlatlar hisoblanadi. Bu davlatlarga investorning işonçi yuqori bölgani sabab ularning qarz olişlari oson va bu past foiz stavkalari bilan amalga oşiriladi. Özbekiston uçun bunday imkoniyat yöq.
Törtinçidan, qarz uçun xizmat körsatiş xarajatlari oşib boryapti. Masalan, 2023 yilda birgina davlat taşqi qarziga xizmat körsatiş xarajatlari 2,82 mlrd dollarga yetgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 2018 yilda 0,5 mlrd dollar bölgan. Bu yangi qarz oliş va oldin olingan qarzni qaytariş miqdorlarining tenglaşib qolişiga olib kelişi mumkin. Bunday şaroitda eski qarz yangi qarz bilan yopila boşlaydi.
Şunday bölsa-da, real iqtisodiy ösiş kutilmalarining yaxşiligi hisobiga XVJ mutaxassislari Özbekistonning umumiy taşqi qarz miqdorini 2023 yil oxiridagi YaIMning 60 foizidan 2029 yil oxirida YaIMning 51 foizigaça pasayişini prognoz qilgan.
Nega Özbekiston qarzi tez ösyapti?
Birinçidan, Özbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş kölami doimo ösib boruvçi xarakterga ega. Bu kabi vazifalarni amalga oşiriş uçun davlatda 2 ta muqobil yeçim mavjud: soliqlarni oşiriş yoki taşqi qarz va investitsiya mablağlarini jalb qiliş.
Soliqlarni oşiriş istiqbolda iqtisodiyotni rivojlantiriş rağbatlariga putur yetkazişi hisobga olinsa, köplab rivojlangan davlatlar ikkinçi yölni tanlaşni afzal körişadi. Özbekiston misolida olib qaraydigan bölsak, hukumatga nisbatan asosiy savollar qarz mablağlarining oşib borayotgani bilan birga, jalb qilingan pulning samara bermayotgan va narxi qimmatlaştirilgan loyihalar uçun işlatilişida bölyapti.
Ikkinçidan, kovid va postkovid davri dunyoning köplab mamlakatlarida taşqi qarz ösişiga olib keldi. Xususan, uşbu omillar ta’sirida 2020 yilda qarz jalb qiliş miqdori keskin oşganini (17,8 mlrd dollardan 23,4 mlrd dollarga) köriş mumkin.
Uçinçidan, davlat budjeti taqçilligining oşib borayotgani. 2022 yilda uşbu körsatkiç YaIMning 3,9 foizini yoki qariyb 35 trln sömni taşkil etdi. 2023 yilda esa konsolidatsiyalangan budjet taqçilligi limiti YaIMga nisbatan 3 foizdan 5,5 foizgaça, yillik taşqi qarz limiti 4,5 mlrd dollardan 5,5 mlrd dollargaça köpaytirildi.
Eslatib ötamiz, şu yil may oyida S&P xalqaro kredit reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida özgarişsiz qoldirgan edi. Agentlik Özbekistonning taşqi qarzlari miqdori avvalgi prognozlarga qaraganda tezroq oşişi kutilayotganini qayd etgan.