Germaniya Mudofaa vazirligi özining sun’iy yöldoş tizimini işlab çiqmoqçi, u Ilon Maskning Starlink'i analogiga aylanadi. Bu haqda 9 aprel, çorşanba kuni Handelsblatt naşri manbalarga tayanib xabar berdi, Bundesver vakili ham rejalarni tasdiqladi.
Gazetaning yozişiça, 2029 yilgaça kamida bitta sun’iy yöldoş turkumi – birgalikda aniq vazifani bajaradigan bir neça yuzlab sun’iy yöldoşlar tarmoğini uçiriş rejalaştirilgan.
Hozirda Bundesver ixtiyorida biroz kamroq şunday sun’iy yöldoşlar mavjud — bu samarali iş uçun yetarli emas. Şuning uçun Germaniya uzoq yillar davomida aloqa, signallarni öqiş va tahlil qiliş hamda Yerni kuzatiş sohalarida – birinçi navbatda, Qöşma Ştatlardagi hamkorlarga tayangan, deb yozadi Handelsblatt.
Endi Germaniya sun’iy yöldoşlar masalasida «şoşilinç ravişda» mustaqil bölişga intilmoqda, garçi sentabr oyida, Handelsblatt ta’kidlaganidek, bunday rejalar Mudofaa vazirligida muhokama qilinmagan edi. Buning sabablari orasida Maskning Ukraina uçun Starlink'ni moliyalaşdan boş tortişi mumkinligi, şuningdek, YeI 2030 yilgaça işlab çiqmoqçi bölayotgan Iris2 sun’iy yöldoşlar turkumidan harbiy maqsadlarda foydalaniş imkoniyati çeklangani bor.
Gazetaning uç manbasiga köra, Bundesver Starlink analogini işlab çiqiş böyiça buyurtmani birinçi navbatda nemis kompaniyalariga topşirmoqçi. Gazetaning tört manbasiga köra, vazirlik allaqaçon Isar Aerospace, RFA va Hyimpulse bilan muzokaralar olib bormoqda. Şu bilan birga, Germaniya Yevropaning boşqa davlatlari bilan hamkorlik qilişga tayyor.
Hukmron koalitsiya tuzilganini e’lon qilgan XDI/XSI va GSDP ham uşbu sektorni rivojlantiriş muhimligini tuşunadi. Tomonlar loyiha boşqa narsalar qatori nemis kosmik sanoati kompaniyalarini qöllab-quvvatlaşiga işonyapti.












