2025 yilning 1 yanvar holatiga, Özbekistonning davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni taşkil etdi. Tegişli ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytiga joylangan.
Davlat qarzining 33,7 mlrd dollari – taşqi qarz, 6,48 mlrd dollari esa – içki qarzni taşkil etadi.
Davlat qarzi 2023 yilga nisbatan 5 mlrd 272 mln dollarga köpaygan. YaIMga nisbatan uluşi ham 0,6 foizga oşib, 34,4 foizdan 35 foizga yetgan.
Taqqoslaş uçun, 2024 yilning 1 yanvar holatiga davlat qarzi 34 mlrd 927 mln dollarni taşkil etgan. Bir yil içida uşbu körsatkiç 5,3 mlrd dollarga yoki 15 foizga oşgan. Aholi jon boşiga hisoblaganda ham davlat qarzi 1070 dollarga yetgan.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
2024 yil yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 45 foizi (15 mlrd 291 mln dollar) budjetni qöllab-quvvatlaşga, 17 foizi (5,74 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 8 foizi (2,8 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 9 foizi qişloq va suv xöjaligiga (2,9 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
Joriy yil 1 yanvar holatiga davlat taşqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanişi quyidagiça:
- Jahon banki — 7,6 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 4,1 mlrd dollar;
- Xitoy moliya taşkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya taşkilotlari — 2,9 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,6 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki — 944 mln dollar;
- Fransiya moliya taşkilotlari – 977 mln dollar;
- Koreya moliya taşkilotlari — 740 mln dollar;
- Xalqaro valuta jamğarmasi — 669 mln dollar;
- Germaniya davlat banki — 415 mln dollar;
- Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki — 341 mln dollar;

















