O‘zbekiston | 10:20 / 17.12.2019
5901
2 daqiqa o‘qiladi

Toyloq tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi:

2020-2022 yillarda Samarqand viloyati Toyloq tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;

oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

xizmat ko‘rsatish sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati;

qishloq xo‘jaligi sohasini yanada barqaror rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish va aholiga avtotransport xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilash hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari;

tuman ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari;

tuman irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash chora-tadbirlari;

tuman ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK va Samarqand viloyati hokimligi 2020 yilning 1 noyabriga qadar Toyloq tumani markazining bosh rejasini ishlab chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalari bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni ustuvor tartibda xalqaro moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kredit va grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini ta'minlaydilar.

Mavzuga oid