Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
Hodisa havoda tryuk bajarish paytida sodir bo‘lgan. Uchuvchilar so‘nggi lahzalarda katapulta yordamida samolyotlarni tark etishga ulgurgan.
Aydaho shtatida bo‘lib o‘tgan Gunfighter Skies aviashousi vaqtida AQShning EA-18G Growler qiruvchi samolyotlari bir-biri bilan to‘qnashib, portlab ketdi.
Hodisa havoda tryuk bajarish paytida, ikki samolyot bir-biriga juda yaqinlashgan vaqtda sodir bo‘lgan.
To‘rt nafar uchuvchi so‘nggi lahzalarda katapulta orqali samolyotlarni tark etishga ulgurgan.
Halokat sabablari va uchuvchilarning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.