Bu haqda Amerikaning USA Farm Labor kompaniyasi asosçisi va boş direktori Manuel Fik birinçi Toşkent xalqaro migratsiya forumi doirasida ma’lum qildi.
Uning aytişiça, kompaniya Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda özbekistonliklarni AQŞdagi qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş ustida iş olib bormoqda.
“Bu hamkorlik AQŞdagi iş beruvçilar uçun işçi kuçi yetişmasligi muammosini hal qiliş, şu bilan birga, özbekistonliklarga xorijda mehnat qilib, daromad topiş va turmuş şaroitini yaxşilaş imkonini beradi”, — dedi Manuel Fik.
Uning ta’kidlaşiça, AQŞda mehnat huquqlarini himoya qiliş böyiça kuçli tizim şakllangan. Mamlakatda işçilar xavfsizligini ta’minlaş, ekspluatatsiya va inson savdosining oldini olişga qaratilgan qonunlar amal qiladi.
Şu sababli, AQŞga mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga boradigan özbekistonliklar munosib mehnat şaroitlari va huquqiy kafolatlar bilan ta’minlanişi aytilmoqda.
Manuel Fikning sözlariga köra, amerikalik iş beruvçilar Özbekistondan keladigan yoş, mehnatkaş va ingliz tilini biladigan malakali işçilarga qiziqiş bildirmoqda.
Uning fikriça, mazkur hamkorlik nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ikki davlat örtasida tajriba va kasbiy könikmalar almaşinuvini ham kuçaytiradi.











