— “Dok-1 Maks” sabab bolalarda ölim holati qayd etilgaç, SSV rasmiy munosabat bilan çiqdi. Unga köra, bolalar ölimi tahlilini olib bormagani uçun şu voqealarni foş qilgan şifokorlar aybdor deb topildi. Mana şunga munosabatingiz qanday? Bu jarayonda şifokorlarni ayblaş qançalik töğri?
— Birinçidan, aksinça, bu şifokorlarga taşakkurnomalar berilişi kerak edi. Şu yerda mantiqan bir savol tuğiladi: nima uçun SSV bundan 6 oy oldin JSSTning ogohlantirişiga*, 3 oy oldin, ya’ni oktyabrda mana şu dori yoki unga öxşaş zaharli dorilarni qöllaş böyiça çeklov berganiga e’tibor qilmadi? SSV respublikadagi tibbiyot, farmatsevtika bilan boğliq işlarga aloqador-ku. Hattoki, şu şifokorlar hibsga olinganini ham eşitdik. Bu şifokorlar ogohlantirilmagani va nega uşbu dorilar Özbekistonga kirib kelgani, nima uçun JSSTning tavsiyasi bilan butunlay olib taşlanmagani böyiça SSVga qarşi da’vo bilan çiqişlari mumkin. Bu yerda vazirlikning özi ham aybdor, u ham qonun oldida javob berişi kerak.
Respublikaga kirib kelayotgan har qanday dori vositalari raqamli markirovkadan ötişi kerak edi. Butun dunyoda dorilar harakatini kuzatib turuvçi tizim yölga qöyilgan, unda dorilarning qayerda işlab çiqarilgani, qaysi çegaradan ötgani, qaysi şifoxonaga borib tuşgani, xalqaro ekspertiza xulosasi qanday kabi ma’lumotlar jamlanadi. Şu tizim bilan integratsiya qilinişi kerak edi.
Yoki bölmasa, nega JSSTning tavsiyasiga amal qilinmadi? Vazirlik bu işni qilişi kerak edi. Nima uçun “tepa”da ötirgan mutasaddilar buni tekşirmadi?
Fursatdan foydalanib, boş şifokor Mamatqul Azizov lavozimidan ozod etilgan bölsa, uni işiga qaytarişlarini sörayman. 70 yoşga kirgan mutaxassis ekan, heç bölmasa maslahatçi qilib bölsa ham olib qoliş kerak. Hibsga olingan mutaxassislar ham vaqtinça ozod qilinib, sud ham oçiq ötkazilişi lozim. Şifokorlar ham qörqmay aynan SSVni ayblab çiqişsin, kerak bölsa vazirlikni ayblab 7 nafari qöl qöysin. Hurmatli SSV va farmatsiyaga javob beruvçi, dorilar sifatini nazorat qilişga mas’ul odamlarni ham Oliy sudga berişsin.
Bunday holatlar boşqa viloyatlarda bölmayotganiga kim kafolat bera oladi? Vafot etgan bemor bolalarni barça viloyatlarda tekşiriş kerak. Balki, aynan şu dori tufayli ölimlar soni köp bölişi mumkin.
Agar samarqandlik professor şifokorimiz şularni aytmay, ölim böyiça voqeadan xabardor qilmaganida va bu ma’lumotlar jamoatçilikka çiqmaganida yana qançadan qança bolalar ölgan bölar edi? Menimça, yangi soğliqni saqlaş vaziri buni şaxsiy nazoratiga oladi. Şu dorilar va şunga öxşaş boşqa dorilar bilan boğliq vaziyatni butun respublikada yurib, örganib çiqadi va bu şaffof böladi degan umiddaman.
















