Toza havoga boj va şifokorlarga imtiyozlar - hafta dayjesti
|13:05 / 16.11.202512 56315 min
Özbekistonliklar yoppasiga toza havo izlayapti: havo filtrlariga talab Katta böron paytidagi darajaga yetdi. Tibbiyot xodimlari uçun imtiyozlar töplami: davlat xususiy sektor bilan raqobatlaşişga majbur bölyapti. Islomiy bank oçişga ruxsat beriladi: uzoq tayyorlangan qonun nihoyat qabul qilindi. Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Havo tozalagiçlar bozorida “bum”
2021 yil noyabr oyida Toşkentda röy bergan dahşatli çang böroni esingizdami? Öşanda hatto eşik-derazalari mahkam yopilgan uy içida ham nafas olib bölmay qolgandi. Natijada, rasmiy ma’lumotlarga köra, bir kun içida poytaxtda yaşovçi 700 ga yaqin kişi nafas qisişi sabab tez yordamga murojaat qilgan. Oradan bir neça kun ötib, poytaxtliklar yana bir ayançli hodisa – çangga bökkan iflos qor yoğişiga ham guvoh bölgan edi.
Özbekiston aholisining iflos havo sabab özi va yaqinlari soğligidan taşvişlaniş darajasi öşanda eng yuqori çöqqisiga çiqqan. Lekin vaziyat taqozosi bilan, sönggi kunlarda odamlarimiz orasida xuddi öşa paytdagidek ommaviy xavotir yana kezib yuribdi. Google statistikasiga qaraganda, bu hafta özbekistonliklarning “oçistitel vozduxa” (havo tozalagiç) sözini internetda qidiruvga beriş kölami – 2021 yil noyabr oyining birinçi haftasi darajasigaça kötarilgan. Boşqaça aytganda, öşa dahşatli çang böroni paytida qança odam havo tozalagiçga qiziqqan bölsa, bugun ham kamida öşança, ehtimoldan undan ham köproq vatandoşimiz bu texnikani sotib oliş niyatida yuribdi.
Aynan qança odam havo tozalagiç izlayotganini Google Trends'dan bilib bölmaydi. Aniqroq raqamlarni Bojxona qömitasi statistikasidan topiş mumkin. Unga köra, Özbekistonga maişiy havo tozalagiçlar importi oxirgi 3 yilda 9 barobarga oşgan. 2022 yilda bunday mahsulotlardan 2 mingta olib kirilgan bölsa, 2025 yilning ön oyida jami qiymati 1,3 mln dollarlik 18,5 mingdan oşiq havo tozalagiç import qilingan.
Mavzuga oid
Şu tariqa, ekologik vaziyat taqozosi bilan, bundan buyoğiga toza havo – tekin emas. Ustiga ustak, import qilingan havo tozalagiçlar (TIF TN kodi 8509) uçun naq 20 foizlik boj örnatilgan. Natijada, bolalari va ota-onasi bilan heç bölmaganda uyining içkarisida, nisbatan tozaroq havodan nafas olişni xohlovçilar, buning uçun tom ma’noda soliq tölaşiga ham töğri keladi.
Köçaga çiqqanda esa, kuzdan to bahorgaça aksariyat kunlari niqob taqiş ham obektiv zaruratga aylanib qoldi. Ifloslaniş darajasi oşib ketgan paytlarda oçiq havoga kamroq çiqiş, çiqqanda ham niqob taqqan holda çiqişni ötgan oydan boşlab Özgidromet ham rasman tavsiya qila boşladi. Taşkilot uç haftadan beri har kuni (!) şunday tavsiya berib borişni kanda qilmayapti. Va bu tavsiya faqat toşkentliklarga taalluqli emas. Masalan, duşanba kuni Özbekistonning 14 ta yirik şahridan 13 tasida havo ifloslanişi kuzatildi. Öşa kuni Andijonda havo sifati poytaxtdagidan bir neça barobarga yomonroq edi.
IQAir portali va ilovasida ham Özbekiston şaharlaridagi havo sifatini kuzatib boruvçilar oşib boryapti. Portalning Toşkent şahri böyiça obunaçilari soni 600 mingga yaqinlaşib qolgan. Şahrimizda ijod qiluvçi Inkuzart taxallusli köça rassomi ötgan hafta taqdim etgan yangi strit-artini ayni şu mavzuga bağişladi: suratda odamlar köçada gazga qarşi niqob taqib yurganini köriş mumkin.
Toşkentdagi daraxtlar qirğini böyiça jinoyat işi oçildi
Havo iflosligi fonida, virusli infeksiyalar va umuman nafas yöllari kasalliklariga çalinayotganlar soni köpayib boryapti. Kislorod işlab çiqaradigan daraxtlarni noqonuniy kesiş jinoyatlarini esa töxtatib bölmayapti. Şu hafta ma’lum bölişiça, Toşkentning Yakkasaroy tumanida 174 ta daraxt rasmiylarning buyruği bilan qirğin qilingani yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda, ekologiya vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev prokuraturani nomardlikda ayblayapti.
“Daraxt kesiş topşiriğini bergan şahar hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonov yana suvdan quruq çiqmoqda. Uning örniga topşiriqni bajargan, "tanka"si yöq obodonlaştiriş xodimlari javob beradigan körinadi. Mana bu haqiqiy nomardlik!!!” – deya yozdi Kuşerbayev. Rahmonovga qaratilgan bu ayblovni avvalroq şahar hokimligi rad etgan edi.
Toşkentdagi yaşillik bilan boğliq yana bir holat ham sönggi kunlarda jamoatçilik e’tiborini tortdi. Xabaringiz bölsa, xalq tilida “Toşturma” deb atalgan sobiq 1-son tergov hibsxonasi 2017 yilda Zangiotaga köçirilgan va uning Yunusoboddagi eski binosi 2018 yilda buzib taşlangan edi. Vazirlar Mahkamasi öşa yili qabul qilgan farmoyişga binoan, 3 gektarlik bu hududda şahar hokimligi xiyobon barpo etişi kerak edi. Lekin haligaça bu hujjat talabi bajarilgani yöq. Negaligi esa kuni keça oydinlaşdi: ma’lum bölişiça, sobiq hokim Jahongir Ortiqxöjayev bu hududni xususiy tadbirkorga berib yuborgan ekan. Natijada, yaşil makon bölişi belgilangan joy 7 yildan beri çiqindilar uyulgan taqir va taşlandiq holatda qolyapti. Çunki tadbirkor bu yerda yo mehmonxona, yo “dom” qurmoqçi, lekin boş rejadagi taqiq sababli qurilişga ruxsat ololmayapti.
Yunusoboddagi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi örni. 2025 yil 14 noyabr / Foto: Kun.uz
Ekologiya vaziri prezident oldiga takliflar bilan kirdi
Havo ifloslanişi va umuman ekologik muammolar böyiça rasmiylar körayotgan sönggi çoralar haqida ham töxtalsak. Ekologiya vazirligi Toşkent şahri va uning atrofida filtr örnatmasdan işlayotgan issiqxonalarga qarşi reydlarni kuçaytirdi. Vazirlik xabariga köra, keng kölamli nazorat tadbirlari doirasida 106 ta issiqxona faoliyati vaqtinça töxtatilgan, 58 tasi jarimaga tortilgan. Yana 387 ta holatda issiqxonani ekologik talablarga moslaştiriş, avtomobil şinalari, plyonka va ösimlik qoldiqlaridan yoqilği sifatida foydalanmaslik yuzasidan ogohlantiriş berilgan. Ma’lumot uçun, ötgan oydagi prezident farmoniga asosan, bu yildan boşlab issiqxona xöjaliklariga qişda ham kafolatli hajmda tabiiy gaz yetkazib berilişi kerak.
Havo ifloslanişi va boşqa ekologik muammolar 11 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzuridagi yiğilişda muhokama qilindi. Unda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov sohada özgariş qiliş böyiça öz takliflarini taqdimot qildi. Rasmiy xabarga köra, vazir ekologiya organlarining vakolatini kengaytiriş va ekologik nazorat böyiça yondaşuvlarni özgartirişni ilgari surgan.
Yangi çoralar – daraxtlar kesilişi va havo ifloslanişining oldini oliş, sohada jamoatçilik iştirokini kengaytiriş, sanoat korxonalari uçun ekologik talablarni kuçaytirişga qaratilgan. Davlat rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullagani aytilyapti. Prezident matbuot xizmati tarqatgan rasmiy xabar ança umumiy gaplardan iborat bölgani uçun, aynan qanaqa yangiliklar haqida gap ketayotgani hozirça ma’lum emas.
Tibbiyot xodimlariga imtiyozlar
Noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi – Özbekistonda tibbiyot xodimlari kuni. Şu kuni bayram sovğasi sifatida prezident qarori imzolandi. Hujjat soha xodimlari uçun haqiqatan ham sovğa deyişga arzigulik yangiliklar bilan töla.
Avvalo, kelasi yildan boşlab tibbiyot xodimlariga har yili kasb bayramida pul beriladi. Rağbat puli miqdori – mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga teng böladi. Bu miqdor hozir 1 mln 271 ming sömga teng. Demak, agar keyingi bayramgaça stavka 10 foizga oşirilsa, davlat şifoxonalarida işlaydiganlar kelasi yil noyabr oyining ikkinçi yakşanbasida taxminan 1,4 mln sömlik mukofotni kutişlari mumkin.
Qolaversa, 2026 yil apreldan boşlab, davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik iş haftasiga ötadigan böldi. Bunda, dam oliş kunlari iş navbatçilik asosida taşkil etiladi.
Qaror bilan, davlat şifoxonalarida kamida 15 yil iş stajiga ega xodimlar uçun uçta katta imtiyoz e’lon qilindi.
Birinçidan, ularning farzandlariga bakalavriatdagi bir yillik kontrakt summasining 30 foizgaça qismi tölab beriladi. Hujjat matnidan kelib çiqilsa, bu imtiyozdan nafaqat şifokorlar, balki hamşiralar, laborantlar, feldşerlar va farmatsevtika xodimlari ham foydalana oladi. E’tiborlisi, ularning xususiy universitetda öqiydigan farzandlari ham bu imtiyozdan foydalana oladi – “faqat davlat oliygohlariga” yoki “faqat tibbiyot yönalişi böyiça” degan çeklovlar yöq.
Ikkinçidan, bunday xodimlarga har yili sanatoriyga boriş uçun bepul yöllanma beriladi. Uçinçidan esa, tajribali tibbiyot xodimlari ipoteka asosida uy olmoqçi bölsa, boşlanğiç tölovning 25 foizini davlat qoplab beradi. Lekin birinçi ikkita imtiyozdan farqli ravişda, bu imkoniyat hammaga ham berilmaydi: 15 yil iş stajiga ega bölişdan taşqari, har yili tasdiqlanadigan 500 kişilik röyxatga kiriş ham kerak. Imtiyozli ipoteka oluvçilar röyxatiga kiriş şartlari esa hali ma’lum emas.
“Davlat şifoxonasida 15 yil işla: bolangning kontraktini qisman davlat tölab beradi, özing esa har yili sanatoriyga borasan, omading kelsa, ipoteka imtiyozini ham olişing mumkin” degan çorlov, taxmin qiliş mumkinki, yaxşi kadrlarning xususiy sektorga ötib ketişining oldini olişga qaratilgan. Ya’ni, mehnat bozoridagi vaziyat sababli, hukumat xususiy sektor bilan raqobatlaşişga majbur bölyapti.
Sanab ötilganlardan taşqari, davlat şifoxonalarida kamida 3 yil işlagan xodimlar har yili bir marta bepul yuqori texnologik ixtisoslaşgan tibbiy yordam olişi mumkin böladi. Şuningdek, iş staji qança ekanidan qat’i nazar, davlat işida işlaydigan barça tibbiyot xodimlari uçun barça turdagi davlat xizmatlari tölovi ikki barobarga kamaytiriladi.
Qarorga köra, tuman darajasida yangi davolaş usullarini joriy qilib, uning ijobiy samarasiga erişgan şifokorlarga BHMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi. Bu hozirgi stavka böyiça 20 mln 600 ming söm degani. Tibbiyot muassasalarining rahbarlari esa, har yili ötkaziladigan tanlovlarda ğolib çiqiş orqali, özi uçun 30 mln söm, qöl ostidagi taşkilot uçun esa 500 mln söm rağbat pulini yutib olişi mumkin.
Duşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşib, ularni bayram bilan tabrikladi, soha böyiça yana qator yangiliklarni e’lon qildi. Xususan, şifoxona rahbari va boş şifokor vakolatlari ajratilib, rahbarlar oldiga qattiq talablar qöyilişi kutilmoqda. Tibbiy ta’limda oilaviy şifokor va hamşira tayyorlaşga e’tibor kuçaytirilib, bu yönalişlar böyiça kvotalar köpaytiriladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon prezidentlari Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida (Turkmaniston rahbari hali yetib kelmagan) / Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Markaziy Osiyo prezidentlari navbatdagi maslahat uçraşuvi uçun Toşkentga yiğildi. Bu – mintaqaviy hamjihatlik yölida uşbu formatdagi yettinçi uçraşuv bölyapti. Ozarboyjon prezidenti bu “klub”ning doimiy mehmoniga aylanib ulgurdi: 2023 va 2024 yillardagi “maslahat oşlari”da qatnaşgan Ilhom Aliyev 2025 yilgi sammitda ham iştirok etyapti. Sammitdan bir kun oldin Qozoğiston prezidentining, sammitdan keyingi kuni esa Turkmaniston prezidentining Özbekistonga davlat taşriflari ham taşkil etildi. Mintaqaviy yetakçilar yangi qurilgan “Toşkent-Humo” (quriliş vaqtidagi nomi “Toşkent-Şarqiy”) aeroportiga qöngan ilk xorijlik prezidentlar bölgani e’tiborga molik. 14-17 noyabr kunlari bölib ötayotgan ketma-ket uçta sammit tafsilotlari bilan Kun.uz sahifalarida taniştirib boramiz.
Özbekistonda islomiy banklar töğrisida qonun qabul qilindi. Qonunçilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborilgan qonun bank-moliya sohasida yangi yönaliş oçilişi va xorijiy investitsiyalar kirib kelişiga yöl oçadi. Hafta davomida, şuningdek, bank kartalariga oid qonunçilikka yangiliklar kiritildi. Unga köra, endilikda 14-18 yoşli ösmirlar özlari mustaqil ravişda bank kartasi oçişi mumkin. Ota-onalar 14 yoşgaça bölgan farzandlariga ham bank kartasini oçtirişi mumkinligi belgilandi. Bundan taşqari, YaTTlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun biznes kartalar joriy etilyapti. Yuridik şaxslar esa korporativ kartalar orqali içimlik suvi va kanalizatsiya tölovlarini amalga oşirişlari mumkin böladi.
Yangi Toşkentda yana bir yangi stadion qurilişiga tamal toşi qöyildi. Bu safargisi kattaroq – 55 ming tomoşabinga möljallangan, qiymati 100 mln dollarlik arena böladi. Bir neça oy oldin Yangi Toşkentda 12 ming örinli Olimpiya stadioni ham oçilgan edi. Bu stadionlar 2027 yilgi FIFA U-20 jahon çempionati va 2029 yilgi yoşlar örtasida Osiyo öyinlarini qabul qiladi. Bu hafta, şuningdek, futbol böyiça ösmirlar jamoamiz Jahon çempionati pley-offiga çiqdi, milliy jamoamiz esa örtoqlik uçraşuvida Misrni mağlub etdi. Öyindan oldin Timur Kapadze milliy jamoadan ketganini e’lon qildi – u faoliyatini xorijda davom ettirişi kutilyapti.
Toşkentda çiqindidan qarzi borlarni jazolaşning yangi mexanizmi işga tuşdi. Ötgan hafta 25 mingta iste’molçiga ogohlantiruvçi SMSlar yuborilgan edi. Ma’lum qilinişiça, şundan keyin ularning 20 mingtasi 5 kun içida qarzini tölagan. Qolgan 5 mingta iste’molçi esa elektr energiyasiga tölov qiliş imkoniyatidan mahrum qilingan. Endi ular çiqindidan qarzini uzmagunça, svet uçun pul tölolmaydi. Qarz yopilişi bilanoq, çeklov bekor bölişi aytilyapti. Dekabrdan boşlab bunday tartib respublikaning qolgan hududlarida ham amal qila boşlaydi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi