Oracle asoschisi saraton bilan kurashuvchi yangi markazning tashkil etilishiga 200 mln dollar xayr qildi
Amerikaning yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Oracle korporatsiyasi asoschilaridan biri Larri Ellison saraton kasalliklari bilan kurashishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib boradigan yangi markazning ochilishiga 200 million dollar ajratdi. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi.
Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya ilmiy-tadqiqot universiteti hisobiga o‘tkazilgan. Bu yerda saratonni davolashning yangi usullarini ishlab chiquvchi maxsus markaz tashkil etiladi.
Tibbiyot fanlari professori Devid Agusning ma'lum qilishicha, ushbu saxiy xayr-ehson hisobiga muassasa kasallik bilan bog‘liq fundamental masalalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan shifokorlar, muhandislar, biologlar, shuningdek fizika va matematika sohasi mutaxassislaridan iborat ilmiy guruhni to‘plash niyatida. Agusning o‘zi esa Ellison nomini olgan bo‘limni boshqaradi. Markazning kapitali Bloomberg bergan bahoga ko‘ra, 42 milliard dollardan ortiqroq qiymatga ega.
Ellison so‘nggi vaqtlarda saraton bilan kurashga yirik miqdordagi pul ajratgan birinchi milliarder emas, albatta. Facebook kompaniyasining sobiq prezidenti Shon Parker aprel oyida saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot institutining yaratilishiga shaxsiy mablag‘laridan 250 million dollar ajratishini ma'lum qilgan. Mart oyida Nyu-Yorkning sobiq meri Blumberg Merilendagi Jons Gopkins universitetiga saraton bilan kasallanganlar uchun immunoterapiya sohasidagi tadqiqotlar uchun 125 million dollar o‘tkazgan.
Tavsiya etamiz
Tramp Putin va Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!
Jamiyat | 19:00
-
Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:59
-
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
Iqtisodiyot | 18:32
-
Tramp va Putin urushni tugatishni 1,5 soat muhokama qildi
Jahon | 18:32