Maktablardagi özbek tili (davlat tili) fani öqituvçilariga ham ustama tölanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

«Maktablardagi özbek tili (davlat tili) fani öqituvçilarimiz uçun ajoyib yangilik.

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, 2025 yil 1 fevraldan boşlab Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy örta ta’lim muassasalarida özbek tili (davlat tili) fani böyiça dars beruvçi hamda Bilim va malakalarni baholaş agentligining milliy baholaş tizimida olingan tegişli darajadagi özbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bölgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qöşimça ustama tölanadi», deyiladi postda.

Ma’lumot uçun, 2025 yil 1 yanvardan umumta’lim maktablaridagi milliy sertifikat olgan ona tili öqituvçilari 50 foizlik ustama olişi belgilangandi. Lekin bu tartib rus sinflarida dars beruvçi özbek tili öqituvçilari uçun amal qilmasligi ma’lum bölgandi. Kun.uz suriştiruvida aniqlanişiça, bunga sabab qilib özbek tili va ona tili alohida fan ekani körsatilgandi.