11 fevral kuni tongda Samarqand viloyati Jomboy tumanida avtobus ağdarilib ketişi oqibatida 22 nafar ayol jarohatlangan. Bu haqda tuman tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Tozagul Xoliqova Milliy telekanali uçun izohida ma’lum qilgan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, avtobus haydovçisi masofa va tezlikni notöğri baholagan hamda tormozni keskin bosib, Cobalt bilan töqnaşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda avtobusning yon, orqa va old oynalari singanini, avtobusni kötariş uçun texnikalar jalb etilganini köriş mumkin.

Hozirça rasmiy idoralar uşbu hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot bermadi.

Hodisa röy bergan kuni Kun.uz manbasi bir kişi hodisa qurboni bölganini xabar qilgandi, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Keyinroq viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi «Gazeta.uz» uçun izohida hodisada bir yölovçi — 68 yoşli erkak halok bölganini ma’lum qilgandi, biroq u qaysi transportda bölganiga aniqlik kiritilmagan.

Jomboy tumani tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Tozagul Xoliqova Milliy telekanaliga ma’lum qilişiça, şifoxonaga 23 nafar ayol olib kelingan, ulardan biri jonsiz holatda bölgani uçun töğridan töğri ekspertizaga yuborilgan.

Jabrlanuvçilarning aksari oğir ahvolda: 16 nafar yölovçi jarrohlik bölimiga, 2 nafari jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. «Ularning ahvoli oğirroq, reanimatsiyada davolanyapti», — degan şifokor.

Telekanal lavhasida aytilişiça, turistik avtobus Samarqanddan Toşkentga harakatlangan, undagi yölovçilar poytaxtdagi konsertga ketayotgan bölgan.