Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:30 / 18.07.2018
15104
2 daqiqa o‘qiladi
Oliy Majlis quyi palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida parlament quyi palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqdagi qaror deputatlar tomonidan 2018 yil 14 iyulda qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati.
Ushbu qarorga muvofiq:
- To‘lqin Abdusattarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi etib;
- Mavludaxon Xo‘jayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi etib;
- Rahim Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi etib;
- Abdug‘affor Qirg‘izboyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib;
- Davron Aripov Raximovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib;
- Shuhrat Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib;
- Shuxrat Bafayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib;
- Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib saylandi.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
10:04 / 12.05.2025
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat
15:35 / 11.05.2025