Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan abonentlariga 20 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytariladi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi joriy yilning mart oyida Beeline Uzbekistan kompaniyasiga nisbatan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun va “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” talablari buzilishi belgilari bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.
Foto: beeline.uz
Agentlik xabariga ko‘ra, 2019 yilning iyul oyida “Unitel” MChJ tomonidan abonentlarning “Xabardor bo‘l” xizmatiga bepul promo-davrga (10 va 30 kunga) ulanishi bo‘yicha promo-aksiya o‘tkazilishi to‘g‘risida e'lon berilgan. Ushbu promo-aksiya mazkur xizmatga ulanmagan abonentlar uchun mo‘ljallangan. Biroq, bepul davr tugashi bilan ushbu xizmat avtomatik ravishda o‘chirilmagan (promo-aksiya shartlariga ko‘ra). O‘rnatilgan narx bo‘yicha kunlik 240 so‘m miqdorida abonentlarga hisoblangan.
Qayd etilishicha, ushbu promo-aksiyaga umumiy hisobda 3,2 milliondan ortiq abonent ulangan bo‘lib, ulardan 1,2 millionga yaqini tomonidan mazkur xizmat mustaqil ravishda o‘chirilgan. 2020 yil may holatiga ushbu xizmat deyarli 1,3 million abonentda yoqilgan holatda bo‘lishda davom etgan.
“Agentlikning maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 3 iyul sanasida “Unitel” MChJga nisbatan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 21-moddasi hamda Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 25- va 26-bandlari buzilishi yuzasidan qaror qabul qilindi va ko‘rsatma berildi.
Ko‘rsatma, promo-aksiyani o‘tkazish davomida “Xabardor bo‘l” xizmatiga bepul ulangan va aksiya tugaganidan so‘ng xizmat avtomatik ravishda o‘chirilmagan abonentlarga mazkur xizmatni o‘chirish va ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lib, har bir abonent hisobidan “Xabardor bo‘l” xizmati doirasida ortiqcha yechilgan mablag‘ uning hisobiga qaytarilishi bilan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
“Unitel” MChJ o‘zining qonuniy huquqlaridan foydalangan holda, shu yilning avgust oyida Toshkent shahar Shayxontohur tuman ma'muriy sudiga agentlik ko‘rsatmasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida murojaat qilgan edi. Natijada, sud “Unitel” MChJning talabini rad etish va agentlik ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Biroq, joriy yilning oktyabr oyida kompaniya Toshkent shahar ma'muriy sudiga apellyatsiya da'vosi bilan qayta murojaat qildi. Ma'muriy sud ham agentlikning ko‘rsatmasini haqiqiy deb topib, kompaniya apellyatsiyasini rad etdi.
Shu yilning 13 noyabr kuni “Unitel” MChJ o‘zining beeline.uz rasmiy saytida 26 noyabrdan boshlab, 2019 yil promo-aksiya davomida aksiyaga ulangan abonentlarda “Xabardor bo‘l” xizmati o‘chirilishi to‘g‘risida e'lon qildi”, — deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, agentlik tomonidan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha 9 oy davom etgan munozara iste'molchilar foydasiga hal etildi. Bugungi kunga kelib, Beeline Uzbekistan abonentlariga yetkazilgan zarar 20 milliard so‘mdan ortiq miqdorda baholanmoqda. Kompaniya tomonidan ushbu mablag‘lar abonentlar hisobiga qaytarilishi boshlandi.
Mavzuga oid
15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi
11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
16:00 / 23.10.2024
Beeline Academy nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi
18:00 / 31.07.2024