«SS-LAB» klinikasi kimga tegişli?
«SS-LAB» tibbiy-diagnostika laboratoriyasi 2018 yilda taşkil etilgan. Bugungi kunda öziga xos laboratoriyalar tarmoğiga aylangan uşbu kompaniya Toşkentning barça tumanlarida 50dan ortiq biomateriallardan namuna oliş punktlariga ega. Klinika 500dan ortiq turdagi tahlil, laboratoriya diagnostikasi xizmatlarini körsatiş bilan şuğullanadi. Xizmatlar pulli.
Oçiq ma’lumotlarga köra, Botirbek Isabekov, Anvar Rahimov va Uluğbek Egamberdiyev «SS-LAB – Toşkent şahar soğliqni saqlaş tibbiy diagnostika laboratoriyasi» MÇJ ta’sisçilari hisoblanadi. 2019 yil iyunidan 2020 yil avgust oyigaça Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasiga rahbarlik qilgan Botirbek Isabekov xususiy klinika ustav fondidagi uluşning 33,40 foiziga egalik qiladi. U ayni paytda şahar SSBBda boşliq örinbosari bölib işlamoqda.
Ta’sisçilarning yana biri Uluğbek Egamberdiyev bugungi kunda Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan bölsa, boşqa bir muassis – Anvar Rahimov ham ilgari mazkur boşqarmada faoliyat yuritgani ma’lum böldi. Botirbek Isabekovning Kun.uz’ga bildirişiça, Rahimov hozir soğliqni saqlaş tizimining boşqa yönalişida faoliyat yuritadi.
«SS-LAB» laboratoriyalarining oilaviy poliklinikalardagi faoliyati qonuniymi?
Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaro Şayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinikaga borgani, uni körikdan ötkazgan şifokor töğri taşxis qöyişi uçun turli tahlillar kerak bölişini aytib, uni poliklinika laboratoriyasiga yönaltirganini ma’lum qiladi. Eng qiziği, laboratoriyadagilar şifokor yozib bergan qon va boşqa tahlillarning ayrimlari bepul, ayrimlari esa pulli ekanini, bepullari uçun namuna olib qolişlarini, pullilarini esa qöşni xonada tölov asosida topşirişi mumkinligini aytişadi.
Şundan söng fuqaro tört turdagi tahlillarni mazkur poliklinika binosida joylaşgan «SS-LAB» laboratoriyasida topşirgani, buning uçun esa, albatta, preyskurant böyiça pul tölaganini aytadi.
Şu örinda davlat tasarrufidagi tibbiyot muassasasida xususiy diagnostika laboratoriyasining faoliyati qançalik qonuniy ekani, qolaversa, aholiga körsatilayotgan pulli xizmatlar amaldagi qonun hujjatlariga qançalik muvofiq ekani, bundan taşqari poytaxtdagi deyarli barça poliklinikalarda tizim mansabdor şaxslariga tegişli bölgan kompaniya öz xizmatlarini taklif qilayotgani köplab savollarni tuğdirişi tabiiy. Özbekiston Respublikasining «Fuqarolar soğligini saqlaş töğrisida»gi qonunida davlat davolaş-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boşqa turdagi yordam bepul körsatilişi


















