Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, avvalgi tizimdan farqli ölaroq, mazkur dasturning patronaj xizmati raqamlaştirilib, “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimi joriy etilgan.
Şuningdek, unda real vaqt rejimida statistik ma’lumotlarni şakllantiriş va bemorlarga oid şaxsiy ma’lumotlarni yetarli darajada himoyalaş ta’minlangan hamda axborot tizimlar özaro integratsiya qilingan.
Takomillaştirilgan “Elektron poliklinika” axborot tizimining joriy etilişi hisobiga avval bemor şifokor qabulida 40 daqiqa navbat kutgan bölsa, endilikda mutaxassis körigiga onlayn yoziliş orqali bu vaqt 10 daqiqagaça qisqaradi.
Qolaversa:
- avtomatik hisobot şakllanişi orqali oylik 28 turdagi blanka va formalar bekor qilindi;
- tibbiy ma’lumotlarni elektron şaklda saqlaş imkoni yaratildi;
- tizim Davlat personallaştiriş markazi, MIS-2 va Elektron hukumat platformalari bilan integratsiya qilindi.
Oilaviy poliklinikaga kelgan bemorning yuzini aniqlaş dasturlari orqali darhol xizmat körsatiş rejimiga ötiladi. Fuqarodan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar söraş bilan ortiqça vaqt yöqotilişi va ovoragarçiliklarga çek qöyiladi.
Uning yordamida yagona tibbiy raqam şakllantirilib, bemor statsionar davolanişlar yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiladigan xizmatlardan foydalanişi va öziga tegişli tibbiy ma’lumotnomalar bilan masofaviy tanişiş imkoniga ega böladi.












