Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlar pulli bölişi haqida xabarlar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi Tibbiy suğurta boşqarmasi boşliği Şuhrat Almardanov mazkur xabarlarga izoh berdi. 

Konstitutsiyaning 48-moddasida Özbekiston fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olişga haqli ekanligi körsatilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruğiga köra, ayni paytda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari röyxatiga oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, köp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi 28 ta diagnostik tekşiruv, 22 ta laborator tahlil, 138 turdagi dori vositalari, 57 ta tibbiy buyumlar, eng köp uçraydigan 110 ta taşxis, şuningdek, tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida 28 ta diagnostik tekşiruv, 46 ta laborator tahlil, 235 turdagi dori vositalari, 76 ta tibbiy buyumlar, 27 ta operativ davo hamda eng köp uçraydigan 257 ta taşxis kiritilgan bölib, davlat hisobidan bepul taqdim etiladi.

Yangi qonun loyihasi bilan “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi qonunga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga bepul taqdim etiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlaridan taşqari qöşimça xizmat hisoblanadigan tibbiy yordam turlarini belgilaşni nazarda tutuvçi özgartirişlar va qöşimça kiritilmoqda.

Bu orqali birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam paketiga kirmaydigan qöşimça xizmatlarni tartibga soliş közda tutilgan.

Uşbu qonun loyihasiga köra, kafolatlangan hajmga kiritilgan tibbiy xizmatlarni davlat hisobidan yoki bepul oliş uçun bemor belgilangan muddatlarda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tegişli tibbiy köriklardan ötişi, oilaviy şifokor yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilişi talab etiladi. Bunga şoşilinç va tez tibbiy yordam körsatiş kirmaydi, albatta.

Bemorning tor soha mutaxassisiga borib davolanişi uçun esa oilaviy şifokorning yöllanmasi zarur. Şundan söng kafolatlangan hajm doirasida tibbiy xizmatlar bepul körsatiladi.

Bunda oilaviy şifokor davolaş va taşxislaş standartlariga muvofiq tor soha şifokorlariga, zarur hollarda şifoxonalarga elektron yöllanma beradi hamda bemor mazkur yöllanma asosida tor soha şifokori tomonidan körikdan ötkaziladi va (yoki) uning tavsiyasiga köra, şifoxonaga yotqiziladi. Uşbu tartibga rioya etilmagan hollarda tibbiy xizmatlar pulli asosda taqdim etiladi.