Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi
Qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri va adibi Berdaqning boy tarixiy ijodi va davrini o‘rganish, keng targ‘ib qilish mo‘ljallangan.
Vazirlar Mahkamasining “Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Nukus shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyini davlat muassasasi sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shahar, “Kurylysshy” MFY, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlari mol-mulki va moddiy boyliklari bilan birga muzeyga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
- tashkil etilayotgan muzeyning asosiy vazifasidan kelib chiqib, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi to‘g‘risidagi yangilangan nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- muzeyning shtat jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta'minlaydi;
- muzeyga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘radi.
Quyidagilar muzey faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti mablag‘lari;
- o‘z faoliyatidan tushadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qo‘yilishicha:
- muzey faoliyatini tashkil etish va saqlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
- 2021 yildan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan nazarda tutiladi;
- muzeyga shtat birliklarini ajratish, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
07:30 / 03.11.2025
Misrda bir sivilizatsiya tarixi uchun bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik muzey qurildi
18:28 / 22.10.2025
Fransiyada Luvrdan keyin yana bir muzeyda o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
16:40 / 09.10.2025
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchiga berildi
18:00 / 26.08.2025