Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan davolanayotgan homilador ayol farzandli bo‘ldi
Nukus maxsus tibbiyot majmuasida davolanayotgan homilador ayol eson-omon o‘z farzandini dunyoga keltirdi. Shifokorlar ona va bolaning sog‘ligi yaxshi ekanini ta'kidlashmoqda. Chaqaloqning bo‘yi 51 santimetr, og‘irligi esa 3,5 kilogrammni tashkil qilmoqda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 100 fuqaro – Shimoliy-g‘arbiy harbiy gornizoni hududida joylashgan Nukus maxsus tibbiyot majmuasida stansionar sharoitda davolanmoqda. Shundan 13 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 2 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda, 1 bemor vafot etgan. Qolgan 87 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha. Bemorlar dori-darmon va besh mahal ovqat bilan ta'minlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘istonda 39 ming nafar homilador ayol nafas olish, hazm qilish a'zolari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari yuqoriligi bois qat'iy nazoratga olingani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
14:43 / 04.10.2025
Qoraqalpog‘istonda "Sahro sadosi" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi
08:50 / 26.09.2025
Qoraqalpog‘istonda ayol sudyalar ulushi mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
13:46 / 23.09.2025