Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta futbol maydoni bo‘ladi
Foto: KUN.UZ
Mahallalarda futbol maydonlarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratiladi hamda mahalla aholisi kunning ma'lum vaqtida futbol maydonidan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yig‘inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida ko‘zda tutilmoqda.
Qarorga muvofiq, mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish bo‘yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari mahallalardagi futbol maydonlarini saqlash hamda yoshlar o‘rtasida futbol va boshqa ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtiradilar.
Qarorga berilgan ilovaga ko‘ra, futbol maydonlari va ularning mavjud holati yalpi xatlovdan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarovsiz yotgan davlat mulki bo‘lgan futbol maydonlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berilishi ta'minlanadi.
Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, barcha mahallalarda futbol maydoni qurish istagida bo‘lgan tadbirkorlar biriktiriladi.
2018-2022 yillarda barcha mahallalardagi futbol maydonlari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va o‘yin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta futbol maydoni bo‘lishiga erishiladi.
Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarning faoliyatini baholash va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha har bir tuman (shaharda) komissiya shakllantiriladi.
Moddiy rag‘batlantiriladigan maslahatchilar komissiya tomonidan tashkil etiladigan tanlov asosida aniqlanadi.
Tanlovda har bir tuman va shahardan uch nafardan g‘olib bo‘lgan maslahatchilarga olti oy davomida eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish puli to‘lab boriladi.
Tanlov g‘oliblari yoshlar o‘rtasida futbol, ommaviy sport musobaqalari tashkil etilganligi, mahallalarda yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari tashkil etilganligi, tuman (shahar) va hududiy miqyosda tashkil etilgan sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlarda mahalla yoshlarining ishtiroki ta'minlanganligi hamda ularning erishgan yutuqlariga ko‘ra aniqlanadi.
Mavzuga oid
15:31 / 24.01.2026
Mahallalarda aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish joriy etiladi
18:56 / 23.01.2026
“Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obektlari boshlang‘ich narxi pasaytirilib, sotuvga chiqariladi
18:52 / 23.01.2026
Davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos “ijtimoiy shartnoma” tizimi bo‘ladi – prezident
18:23 / 23.01.2026