Yiğilişda ta’kidlanişiça, hududlarning boş rejasini işlab çiqiş uçun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar çaqirilmoqda.
Lekin özimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yönalişida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda.
Hokimlar bitiruvçi talabalarni 903 ta “oğir” mahallaning boş rejasiga jalb qilib, ularni çet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoşlarimiz uçun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bölişi ta’kidlandi.
Talabalar örtasida mahalla boş rejasini işlab çiqiş böyiça tanlov e’lon qilinadi.
Bunday mahallalarga yangiça qiyofa olib kiradigan eng zör loyihalarni işlab çiqqan talabalar jamoasiga 100 million sömdan mukofot beriladi.
Bu orqali zamonaviy yoş arxitektor va urbanistlar korpusi şakllantirilişi ta’kidlandi.
“Oğir” tuman va mahallalarda aholini işli qiliş hamda daromadini köpaytiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Avvalo, bunday hududlarni barqaror elektr bilan ta’minlaş masalasini hal qiliş zarurligi qayd etildi.
Buning uçun 903 ta mahallaning har birida 300 kilovattli kiçik quyoş stansiyalari qurilib, mahallaga beğaraz aktiv sifatida beriladi.
Stansiyalardan olingan “yaşil” energiya hisobidan har bir mahallada 400-500 million söm qöşimça daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv paydo böladi.
Bu “yaşil” daromad “yaşil” çora-tadbirlarni amalga oşirişga sarflanadi. Ya’ni uşbu mablağlar ehtiyojmand xonadonni “yaşil” ta’mirdan çiqarib, energiya xarajatini kamaytiriş va turmuş sifatini yaxşilaşga yönaltiriladi.
Quyoş stansiyalarini ekspluatatsiya qilişga mazkur mahallalarda yaşovçi kambağal oila a’zolari işga olinadi. 1-guruh nogironligi bölib, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bölmagan 6 ming 700 ta xonadon energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi.
Bu işlar ixtisoslaşuv darajasi yuqori bölgan yana 1 mingta ilğor mahallada ham amalga oşiriladi. Kiçik quyoş stansiyalari tayyor holda 7 yil muddatga mahallalarga foizsiz lizingga beriladi.








