Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlidagi sammit: Blinken va Lavrov Ukrainadagi urush boshidan buyon ilk bor gaplashdi
AQSh Davlat kotibi va Rossiya tashqi ishlar vaziri Dehlidagi «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida 10 daqiqaga yaqin vaqt davomida suhbatlashgan va bu vaqt ichida, AQSh Davlat departamentidagilarning qayd etishicha, Blinken Lavrovga Amerika Ukrainaga qancha kerak bo‘lsa shuncha yordam berishini yana bir bor ochiq aytgan hamda Rossiya strategik hujum qurollari kelishuviga qaytishi, shuningdek Rossiyada qamalgan Amerika fuqarosi Pol Uilanni ozod etishi kerakligini ma’lum qilgan.
Bu Blinken va Lavrovning urush boshidan buyon ilk uchrashuvi bo‘ldi. Ular oxirgi marta 2022 yil yanvarida Jyenevada gaplashishgandi.
Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova esa amalda haqiqiy muzokaralar bo‘lmagani va Blinken o‘zi shunday kontakt so‘ragani va Lavrov u bilan gaplashishga rozilik berganini aytgan.
Hindiston bosh vaziri G20 davlatlari tashqi ishlar vazirlarini kelishmovchiliklarni vaqtincha bir chetga surib turishga chaqirganiga qaramay, Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi davom etayotgani bilan bog‘liq ixtilof Dehlidagi muzokaralar chog‘ida sezilib turdi.
«Biz chuqur global bo‘linish vaqtida uchrashmoqdamiz», dedi Narendra Modi va yig‘ilgan vazirlarni umumiy til topishga harakat qilishga chaqirdi.
Lekin Hindiston bosh vaziri va uning jamoasi sa’y-harakatlariga qaramay, uchrashuv boshlanishidan oldinroq urush mavzusi birinchi planga chiqdi.
«Bu urush qoralanishi kerak. Men umid qilaman va ishonamanki, Hindiston o‘z diplomatik imkoniyatlaridan foydalangan holda Rossiyaga bu urush yakunlanishi lozimligini uqtiradi», dedi jurnalistlarga sammit ochilishi arafasida Yevropa ittifoqining oliy komissari Jozep Borrel.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Dehli qarshisida murakkab vazifa turibdi: qo‘shilmaslik siyosati kursini davom ettirish va shu bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarni mojaroga barham berilishiga yordam berishiga ishontirish.
Hozirga qadar Hindiston Rossiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilishdan tiyilib keladi va BMTda Rossiya tajovuzini qoralovchi rezolyutsiyalarga ovoz berishda betaraf qoladi, chunki bu Dehli uchun qurol yetkazib beruvchi asosiy mamlakat hisoblanadi.
Bundan tashqari, urush boshlanganidan va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanganidan buyon o‘tgan vaqt ichida Hindiston Rossiya neftini xarid qilish hajmini sezilarli darajada oshirgan, bu orqali o‘z iqtisodiyoti uchun katta foyda chiqarib olgan, chunki bunday sharoitda neftni jiddiy chegirma bilan sotib olmoqda.
Modi oldindan mamlakatlarning aksari Ukrainadagi urushni qoralashi, ammo «katta yigirmatalik» sammiti to‘g‘risidagi so‘nggi taassurot Rossiya va AQSh tomonidan va’da qilingan matbuot anjumani asosida shakllanishi, bu esa yana bir bor «katta yigirmatalik» a’zolari orasida tub kelishmovchiliklar saqlanib qolayotganini ko‘rsatib qo‘yishini ta’kidlagandi.
Entoni Blinken allaqachon Rossiyaning «asossiz va oqlab bo‘lmas» urushi «katta yigirmatalik» sammitini soyada qoldirganini qayd etdi, Sergey Lavrov esa yana bir bor G‘arb Ukraina bug‘doyi eksportiga imkon beruvchi kelishuvni «yo‘qqa chiqarishga uringani» haqida gapirdi.
«Katta yigirmatalik»ning bugungi sessiyasida Hindiston (ushbu mamlakat ayni vaqtda G20’ga raislik qilmoqda) uchun ustuvor masalalar - oziq-ovqat xavfsizligi, taraqqiyot va hamkorlik, terrorizm bilan kurash va insonparvarlik yordamlari masalalari muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026