INTeRVYu | 23:49 / 07.08.2018
14873
2 daqiqa o‘qiladi

«Ilm mablag‘ga aylansa, ana shu innovatsiya​». Innovatsion rivojlanish vaziri bilan eksklyuziv suhbat​

Foto: KUN.UZ

Innovatsion rivojlanish vazirligi bitta yo‘nalishda ish olib bormaydi. Innovatsiyalar turmushning barcha sohalarida, xususan davlat va jamiyat qurilishi, fan-ta'lim va sog‘liqni saqlashda juda zarur, deb fikr bildirmoqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

«Innovatsiya aslida keng tushuncha. Bizning nazarimizda g‘arbda mavjud innovatsiyani o‘zlashtirish ham innovatsiya tarzida talqin etiladi. Lekin, bu - texnologiya transferi. 

Bizning oldimizga qo‘yilgan katta vazifalardan biri bilimni pulga aylantirish, sanoatga asoslangan iqtisodiyotimizni ilm-fanga asoslangan xo‘jalikka aylantirishdan iborat», deydi u. 

Vazirning aytishicha, O‘zbekistonda ko‘plab salohiyatli olimlar, ilmiy xodimlar turli tadqiqot markazlarda, institut va universitetlarda faoliyat olib boradi. 

«Ularda bilim yo‘q emas, bor. Demak, avvalo, pul berilgan, so‘ngra bu bilimga aylandi. Lekin shu bilim holatida turibdi, agar biz bilimni mablag‘ga aylantirolsak, ya'ni knowledge based economy desak, bu innovatsiya bo‘ladi. Shu paytgacha bizning kamchiligimiz shunda ediki, zo‘r ilmimiz bor, lekin bularni hech qachon mablag‘ga aylantirmadik», deydi vazir.

Xona va tokchalarda turgan ilmiy ishlar qisman va tarqoq holda sanoat tarmoqlari amaliyotida qo‘llanilgan, biroq bu kamlik qiladi. 

«Tizimli ravishda ilm pulga aylanmagan, iqtisodiyotga ham katta foyda bermagan. Salomga alikday, foyda keltirmagandan keyin, ilm-fanni moliyalashtirish masalasi ham sustlashgan. Shuning uchun, topshirilgan vazifalardan biri - olimlarning ishlanmalarini tijoratlashtirish», deb qo‘shimcha qiladi Abdurahmonov. 

Suhbatning to‘liq shaklini tomosha qilish uchun quyidagi havolaga bosing.

Mavzuga oid