Jahon | 18:41 / 02.04.2026
4716
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi

Imomali Rahmon buni «so‘nggi paytlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, iqlim o‘zgarishlari va ularning salbiy oqibatlari» bilan bog‘ladi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon «ekspertlar tahliliga» tayanib, joriy yilda oziq-ovqat narxlari misli ko‘rilmagan darajada o‘sishini aytdi. Bunga «so‘nggi paytlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, iqlim o‘zgarishlari va ularning salbiy oqibatlari» sabab bo‘lmoqda, dedi u.

Tojikiston yetakchisi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishini hisobga olib, fermerlarni bahorning har bir qulay kunidan unumli foydalanib, iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun sa’y-harakat qilishga chaqirdi.

«Suvdan va har bir qarich yerdan oqilona foydalanish milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va xalqning munosib hayotini ta’minlashning muhim shartidir», deb ta’kidladi Rahmon.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid