O‘zbekiston | 19:05 / 14.09.2018
11651
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablardagi logopediya shoxobchasiga qanday o‘quvchilar qabul qilinadi?

Foto: Dreamstime

Maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korrektsiyalash, o‘quvchilarning og‘zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatish uchun logopediya shoxobchalari tashkil etiladi. 
 
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentabr oyining 3-sanasiga qadar umumta'lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuziladi. 
 
Logopediya shoxobchasiga og‘zaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida kamchiliklari aniqlangan, tashxis natijalari quyidagicha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi:
 
nutqi to‘liq rivojlanmagan I sinf o‘quvchilari;
 
tovushlar talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari;
 
nutq apparati a'zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari.

Mavzuga oid