Nutqida va eşitişda nuqsoni bolalarga yordam berişni öz oldiga maqsad qilgan Nodir Kamolov tili çuçuk bolalarning gapirişiga yordam beruvçi robotlar seriyasini kaşf qilgan. Biroq yoş ixtiroçi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Özbekiston şaroitida robototexnikadan daromad köriş qiyin ekanligini aytdi. “Çunki bu yönalişda buyurtma oluvçilar yöq”, — dedi u.
Nodir Kamolov 29 yoşda. U Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetida tahsil olgan. Hozirda mazkur ta’lim dargohining doktoranturasida izlanişlarini davom ettirmoqda. Özbek tilida sözlaşuvçi robotlar ustida tadqiqotlar olib boradi. Şu bilan birga Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent davlat axborot texnologiyalari universitetida matbuot kotibi sifatida işlab keladi.
“Eşitiş va gapirişda nuqsoni bor bolalarga yordam beriş robototexnik bölişga undadi”
6 yildan buyon özbek tilida sözlaşuvçi robotlar böyiça izlanişlar ötkazaman. Bir neça yil avval eşitiş va nutqida nuqsoni bor bolalarga möljallangan Olmazor tumanidagi bir maktabga tadbirga borganimda öşa yerdagi bolalarni kuzatib, ularga yordam berişni öz oldimga maqsad qilgan edim. Şundan söng tili çuçuk bolalarning gapirişiga kömaklaşadigan robotlarni ixtiro qiliş böyiça çuqurroq izlana boşladim. Hozirgaça “Nodbot” deb nomlanuvçi robotlar seriyasini ixtiro qildim, uning 3 ta rusumi işlab çiqilgan.
“Nodbot” ning sönggi modeli maktab yoşidagi bolalar bilan özbek tilida sözlaşadi. Uşbu robotni eşitiş qobiliyatida nuqsoni bor bolalarga koxlear implantatsiya amaliyotini bajargandan keyingi reabilitatsiya jarayonida ham qöllaş mumkin. “Nodbot”ning 3 versiyasi logoped tomonidan ötkaziladigan maşğulotlar örnini muayyan darajada bosa oladi. Robot bilan muloqot geymifikatsiya (kompyuter öyinlariga xos bölgan texnik yondaşuvlar) körinişida bölgani uçun boladagi reabilitatsiya jarayoni odatdagidan köra tezroq keçadi.
Bu robotimizga 1200 dollardan oşiqroq xarajat qildik. Unga özbekça sözlar, hatto murakkab jumlalar ham kiritilgan. Ma’lumki, Google, Yandeks xizmatlari özbek tilidagi ğ, h, q tovuşlarini qabul qilolmaydi, lekin bu robot dasturiga ayni şu harflar ham joylaştirilgan.
Robototexnikada daromad yuqori, biroq…
Sohada daromad topiş dunyo miqyosida yaxşi, ammo respublikamiz doirasida sal qiyinroq masala. Özim ham bu sohada daromad uçun faoliyat yuritmayman, robototexnika yönalişida yoşlarga yordam beriş, talaffuzida nuqsoni bor bolalarga kömaklaşişga harakat qilaman, ya’ni mablağ topiş asosiy harakat riçagi emas.










