Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir oy muqaddam yuqori lavozimga tayinlangan podpolkovnik o‘z xonasida jonsiz holda topildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov o‘z ish joyida jonsiz holda topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, 2018 yilning 4 avgustida soat 21:10 atrofida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o‘z xizmat xonasida qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, podpolkovnik Dilshod Baxtiyarovich Akramov shu yilning iyul oyi boshida bosh boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
Podpolkovnik Akramov undan oldin IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimda ishlagandi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026