Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
Guruh noma’lum homiy tomonidan tashkil etilgan Tailanddagi to‘rt kunlik to‘liq haq to‘lanadigan ta’tildan qaytayotgan edi.
Foto: AFP via Getty Images
Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahridagi Bandaranaike xalqaro aeroportida 22 nafar buddaviy rohib qo‘lga olindi, ularning yukidan 110 kilogrammdan ortiq Kush navli kuchli kannabis topildi. Sayohatni uyushtirgan yana bir rohib keyinchalik poytaxt chekkasida ushlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shri-Lanka bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, rohiblarning har biri (asosan talabalar) jomadonlar ichiga ustalik bilan yashirilgan 5 kg ga yaqin giyohvand moddasini olib yurgan. Guruh noma’lum homiy tomonidan tashkil etilgan Tailanddagi to‘rt kunlik to‘liq haq to‘lanadigan ta’tildan qaytayotgan edi.
Hibsga olinganlardan biri (sayohatga uchmagan 23-rohib) boshqalarni «bu xayr-ehson» va jo‘natmalarni olib ketish uchun furgon kelishiga ishontirgan.
Barcha qo‘lga olinganlar politsiyaga topshirildi. Tergov olib borilmoqda. Giyohvand moddalar millionlab dollarga baholanmoqda.
Bu voqea rohiblar alohida hurmatga sazovor bo‘lgan buddaviylar mamlakatida hayrat uyg‘otdi.
Mavzuga oid
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
09:12 / 23.08.2025