Huquq-tartibot idoralari xodimlari Şri-Lankaning sobiq prezidenti Ranil Vikremesingheni davlat mablağlarini suiiste’mol qilişda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar berdi The Independent.

Naşr ma’lumotlariga köra, u 2023 yilda rasmiy safardan qaytayotganda Buyuk Britaniyada şaxsiy maqsadlarda töxtagan. 2022-2024 yillarda prezident bölgan va bungaça olti marta boş vazir bölgan 76 yoşli siyosatçi ayblovlarni rad etmoqda.

Mahalliy OAV uning Kolombodagi sudga kelgani va hibsga olingani suratlarini e’lon qildi.

Ma’lum bölişiça, 2023 yilda Vikremesinghe G77 sammitidan qaytişda Londonda töxtagan. Taşrif davomida u turmuş örtoği bilan Vulverhempton universitetida bölib ötgan marosimda iştirok etgan.

Siyosatçining ta’kidlaşiça, xarajatlarni rafiqasi qoplagan va davlat mablağlari işlatilmagan. Biroq, Şri-Lankaning jinoiy tergov departamenti şaxsiy taşrif, jumladan, uning şaxsiy qöriqçilari xarajatlari budjet hisobidan bölgan deb hisoblamoqda.

Vikremesinghe 1977 yildan beri taniqli siyosiy arbob bölib, Şri-Lankaga eng yomon iqtisodiy inqirozni yengib ötişda yordam bergani uçun e’tirof etilgan. U 2023 yilda Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) yordamini ta’minlaşda muhim rol öynadi.

Vikremesinghe - huquqşunos, siyosiy nufuzli oiladan. Birinçi marta parlamentga 1977 yilda 28 yoşida saylangan. Birlaşgan milliy partiya yetakçisi sifatida u 1993 yildan 2019 yilgaça bir neça bor boş vazir lavozimini egallagan. 2022 yilgi norozilik namoyişlari avjida u yana hukumat rahbari etib tayinlandi, şundan söng prezident böldi.

Qayd etilişiça, bu Şri-Lanka sobiq prezidentining birinçi marta hibsga olinişi.