Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaning 2026–2027 yillar uchun hujum rejalarini ochiqladi
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 2026–2027 yillarda RF Qurolli kuchlari Donetsk va Luhansk viloyatlarini to‘liq bosib olishga erishishni, Zaporijjya viloyatida oldinga siljishni, shuningdek Dnipro shahri va Odessa viloyati yo‘nalishida harakatlanishni ko‘zlamoqda.
Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Ukraina hokimiyati RF Qurolli kuchlarining 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hujum rejalarini qo‘lga kiritgan, dedi prezident Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan 2 mart, dushanba kuni muloqotda. Uning aytishicha, Moskva uchun maqsad o‘zgarmagan: Ukrainaning Donetsk va Luhansk viloyatlarini to‘liq okkupatsiya qilish, shuningdek Zaporijjya viloyatida oldinga ilgarilash, Dnipro shahri hamda Odessa viloyati yo‘nalishida harakatlanish.
Zelenskiyning bahosiga ko‘ra, Rossiyada bu maqsadlarga erishish uchun yetarli kuch yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, RF armiyasi oldiga 2025 yil uchun qo‘yilgan vazifalar bajarilmagan.
«Biz 2025–2026–2027 yillarga oid hujjatlar, rejalarni qo‘lga kiritdik, 2025 yil bo‘yicha biroz eskirgan. Ko‘ryapmizki, ular o‘z maqsadlarini bajarmadi. Biz 2026–2027 yillar bo‘yicha ham (rejalarni — tahr.) oldik. Nima istashlarini tushunyapmiz. Ularning yo‘nalishlari hali ham dolzarb ekanini bilamiz — davlatimizning sharqini, aniqrog‘i Donetsk va Luhansk viloyatlarini okkupatsiya qilish», — dedi Zelenskiy. «Ular, shubhasiz, Zaporijjya viloyati yo‘nalishida ham, Dnipro yo‘nalishida ham davom etmoqchi. Ular uchun bu qiyin, ammo Odessa mintaqaciga ham ko‘z tashlashyapti. Biz bu yo‘nalishlarni ko‘ryapmiz. Lekin bu xaritalar hozircha reallikka hech qanday aloqasi yo‘q, chunki ular vazifalarni bajara olmayapti».
Ukraina prezidenti aniqlashtirishicha, RF Qurolli kuchlari 2026 yil bahoriga rejalashtirgan hujum 2025 yil oxiriga mo‘ljallangan maqsadlarga erishishga bog‘liq bo‘lgan. Natijada «ular mart oyidagi hujumni — aynan o‘zi istagan hujumni — boshlay olmayapti», deya ta’kidladi Zelenskiy.
«Men bahorda hujum bo‘ladimi-yo‘qmi va aynan qachon bo‘lishini bilmayman. Ular hujum qilishni xohlaydi, lekin hozircha bunga kuchi yetmaydi. Hammasi kontraktlarga, hujumlarga, qurol-yarog‘ga, bizga qurol yetkazib berishga, shuningdek o‘z ishlab chiqarishimizga bog‘liq», — deya prezident so‘zlarini keltirgan “RBK-Ukraina” nashri.
24-kanal ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy shunday degan: Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin RFda hozircha umumiy (yalpi) safarbarlikni rejalashtirmayapti.
24 fevral kuni Ukraina prezidenti ofis rahbarining o‘rinbosari Pavel Palisa “Biz — Ukraina” nashriga bergan intervyusida, uning ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar mart oyi oxirigacha Ukrainaning butun Donetsk viloyatini okkupatsiya qilishni istashini aytgan.
«Shuningdek (Rossiya rejalashtirayotgani — tahr.) — Zaporijjya va Dnipropetrovsk viloyatlarida imkoni boricha maksimal darajada oldinga siljish. Qolaversa, Sumi va Xarkiv viloyatlaridagi chegara bo‘ylab bufer zona yaratish niyatidan ham qaytmagan. Agar muvaffaqiyatga erishsa, yil oxirigacha dushman Zaporijjya, Xerson, Mikolayivni egallash yoki ularni egallash uchun sharoit yaratish, keyin esa Odessagacha davom etish uchun hujumni rivojlantirishga urinadi. Men hozircha raqibning bu rejalarni yaqin olti oy ichida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rmayapman», — degan edi o‘shanda Palisa.
Mavzuga oid
10:24
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
09:50
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
21:20 / 03.04.2026
“O‘zbekiston bilan hukumatlararo komissiya ishini tiklaymiz” – Ukraina TIV o‘rinbosari
10:35 / 03.04.2026