Jahon | 16:58 / 01.07.2023
14244
4 daqiqa o‘qiladi

Xitoy madaniy inqilobida propaganda bannerlari qanday rol o‘ynagan? (fotojamlanma)

O‘tgan asrning 60-70 yillarida Xitoyda ro‘y bergan yirik madaniy inqilob davrida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun turli posterlardan propaganda vositasi sifatida unumli foydalanilgan. 

Madaniy inqilob nima o‘zi?

1966 yil 16 mayda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi yetakchisi Mao Tszedun g‘oyalari aks etgan murojaatni e’lon qildi. Ayni shu paytdan boshlab Xitoyda yirik proletar madaniy inqilob boshlangan deb hisoblanadi. Va u to Mao Tszedun 1976 yil 9 sentabrda vafot etguniga qadar davom etadi. Madaniy inqilob 10 yil davom etgan bo‘lsa-da, uning asosiy xunrezliklari dastlabki bir necha yil ichida sodir bo‘ladi.

Inqilobdan maqsad kommunistik inqilob ruhini yangilash, kapitalistik qarashga ega va Maodan farqli ravishda iqtisodiy tiklanish yo‘lini tanlaganlardan mamlakatni tozalashdan iborat edi.

Dastlab, Mao Tszedun ta’lim tashkilotlariga e’tibor qaratadi va o‘ziga sadoqatli shahar yoshlaridan iborat Qizil gvardiya tashkil qiladi. Ular yetarlicha inqilobiy bo‘lmaganlarni, burjuacha qarashga ega bo‘lmaganlarni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan. Qizil gvardiyaning xatti-harakatlari qattiq nazorat qilinmagan, oqibatda gvardiyachilar anarxiya va terrorga olib boradigan ishlarni qilishadi: an’analarga sodiqlar, intellektuallar, ziyolilar shubhali shaxslar sifatida topilib, ta’qibga uchraydi, qatl qilinadi. Revolyutsiyaning shafqatsizliklari ancha davom etgan bo‘lsa-da, Qizil gvardiya amaldorlar tomonidan ertaroq jilovlab olinadi.

Qizil gvardiyachilar. 1966 yil

Inqilob 1976 yil kuzida Mao Tszedun vafoti va «To‘rtlik to‘dasi» vafotidan keyin tugadi. Yirik proletar madaniy inqilob Xitoyda ko‘plab odamlar (tarixchilarga ko‘ra, 500 mingdan 2 mlngacha bo‘lishi mumkin) vafot etishiga, millionlab odamlar yashash joyini o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqaradi. Lekin maqsad qilinganidek, kommunizmni mustahkamlashga erishilmaydi.

Posterlarda aks etgan g‘oyalar

Inqilob davrida g‘oyalarni posterlar orqali singdirishga alohida ahamiyat qaratilgan va ulardan faol foydalanilgan. Posterlar turli shiorlar bilan ommaga namoyish qilingan.

“70 yillarni inqilob va ishlab chiqarishda yangi yutuqlar bilan kutib olaylik”.
"Ko‘mirni ko‘proq ishlab chiqaring – sotsialistik qurilishni qo‘llab-quvvatlang!"
"Dushmanlarni yo‘q qilishni o‘rganishdan hech qachon charchamayman"
"Keng osmon ostidagi ulkan zaminda yanada kuchliroq bo‘lamiz"
"O‘rmonlarni himoya qilaylik!"
"Jangga ham, ocharchilikka ham tayyormiz, biz xalq uchun ishlaymiz!"
"Farovonlik xohlasangiz, tug‘ilishni nazorat qiling"
"O‘rnak ko‘rsating, korrupsiyaga qarshi kurashing"
"Yosh avlodga ilm bering"
"Mao falsafasi eng kuchli qurolimiz bo‘lsin!"
"Yetakchi kadrlar xalq bilan birlashishi kerak"
"Hozirning o‘zida tayyor bo‘l"
"Ogoh bo‘l, yuzta signalga tayyor bo‘l"
"Bosqinchi dushmanni yo‘q qiling"
"Inqilobni qo‘llab quvvatlang — mahsulot ishlab chiqarishda faol bo‘ling"
"Gigiyenani unutmang"
"Butun dunyoga nazar soling va o‘z mamlakatingizni eslang"
"Ogoh bo‘ling, vatanni himoya qiling"
Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid