“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamalarga sabab bo‘ladigan ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 3-moddasida: “Ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi xususiyatlaridan kelib chiqib, qonun normalariga to‘liq va qisman amal etilmasligi belgilab berilgan”. Bu juda qiziq muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Bu toifalar kim? Nimaga bu yerda tatbiq qilinmaydi?” deyilyapti. Buning sababi bor.

Agar xalqaro tajribani oladigan bo‘lsak, qonunning nomidan kelib chiqsak, ya'ni “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” fuqarolik degan so‘z turibdi. Davlat xizmati bu – keng qamrovli tushuncha. Lekin davlat fuqarolik xizmati bu – boshqa xizmat. Ya'ni professional davlat xizmati.

Butun dunyo tajribasi, umume'tirof etilgan qoidaga asosan boshqa davlatlarda ham davlat xizmati ikkita toifaga bo‘linadi. Bu o‘sha biz aytgan davlat fuqarolik xizmati va siyosiy xizmatchilar.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mana shu 3-moddada istisno qilingan toifa bu – siyosiy xizmatchilar hisoblanadi. Deputatlarimiz, sudyalar, ya'ni ularni tayinlash, majburiyati, yuklatilgan vazifani amalga oshirish qonun, tartib-talablari umuman boshqacha. Fuqarolik xizmatiniki boshqacha.

Davlat fuqarolik xizmatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – meritokratiya. Ikkinchisi bu – karera modeli. Qonun talablarini sudyaga, deputatlarga tatbiq qilolmaymiz. Tanlov asosida joylashimiz kerak.

Deputat saylanadi, deputat – xalq vakili. Deputatga nisbatan attestatsiya qilish, karera, o‘sish degan narsa yo‘q. U boshqacha mavqega ega. U davlat xizmatida alohida kategoriya hisoblanadi.

Sudyalar ham boshqa kategoriya. Biz qonunni to‘liq tatbiq qilolmaymiz. Bu yerda huquqni muhofaza qiluvchi, mudofaa va boshqa organlar deb aytilgan modda bor. Ular alohida qonun bilan tartibga solinadi. Sababi, ularning maqomi, vakolati boshqacha. Ularni tartibga solish boshqacha bo‘ladi. 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi