O‘zbekiston | 07:56 / 26.04.2022
18248
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lganlar avtomobilga maxsus belgi yopishtirishi kerak bo‘ladi

Endilikda haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan transportda maxsus belgi bo‘lishi shart.

Videodan kadr

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilikni endi boshlagan, haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan, staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “❗️” belgisi tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi bo‘lishi shart.

Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.

Bundan oldin avtomobilning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi majburiy etib belgilangandi.

Mavzuga oid