Yöl harakati qoidalarida 6-band quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinçi – öttiz ikkinçi xatboşilar bilan töldiriladi:
“Avariya öçoği” (yöl-transport hodisasi öçoği) – yöl harakati iştirokçilari uçun möljallangan avtomobil yöli, köçalar, çorrahalar aholi punktidan taşqari joylarda 1 000 metrdan yoki aholi yaşaş punktida 200 metrdan ortiq bölmagan qismida bir yil davomida bir xil turdagi uç yoki undan ortiq yöl-transport hodisalari yoki turlaridan qat’iy nazar beş va undan ortiq yöl-transport hodisalar sodir bölişi natijasida odamlar halok bölgan yoki jarohatlangan joy.
“Avariya öçoği” hududlari quyidagi uzoq muddatli, mavsumiy va vaqtinçalik turlariga bölinadi:
- uzoq muddatli – bartaraf etilişi, jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bölgan bino va inşootlarni köçiriş, toğ yon bağrilarini katta hajmda öyiş, katta suv havzalari ustidan köpriklar quriş va uzoq muddatli yöl quriliş kabi jarayonlarni talab etadigan hudud;
- mavsumiy – ob-havo şaroiti ta’siri natijasida yöl-transport hodisasi yuzaga kelişi mumkin bölgan xavfli avariya hududi;
- qisqa muddatli – bartaraf etiş muddati uç oygaça bölgan davrni talab etadigan xavfli avariya hududi”.
Ogohlantiruvçi belgilar quyidagi mazmundagi 1.15.1 va 1.36-bandlari bilan töldiriladi:
- “1.15.1 “Zanjirli ğildiraklar va şinalar bilan harakatlaniş”. Uşbu yöl belgisi ogohlantiruvçi yöl belgisi, toğli va çöl hududlarda qiş mavsumida yöllarda hosil bölgan qor va muzlamalarda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanişini taşkil etiş maqsadida tavsiya etiş yuzasidan şuningdek, avtomobil yöllaridagi qor va muzlamalar töğrisida haydovçi va piyodalarning e’tiborini jalb etiş maqsadida qöllanadi;
- “1.36 “Yöl-transport hodisasi öçoği”. Uşbu yöl belgisi 3.24 – “Yuqori tezlik çeklangan” taqiqlovçi yöl belgisi, 7.1.1–7.1.4 – “Obektgaça bölgan masofa”, 7.2.1–7.2.6 – “Ta’sir oraliği”, 7.3.1–7.3.3 – “Ta’sir yönalişi” qöşimça axborot belgilari bilan, şuningdek, yöl-transport hodisalarining turi, xavflilik darajasidan kelib çiqqan holda örnatilişi mumkin”.
Qöşimça axborot belgilari quyidagi mazmundagi 7.27, 7.28, 7.29 va 7.30-bandlar bilan töldiriladi:
- “7.27. “Piyodani urib yuboriş”. Piyoda bilan boğliq yöl-transport hodisasi xavfi mavjudligini bildiradi.













