Özbekiston hududida işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilar tomonidan qayta işlanişi töğrisidagi ma’lumot körsatilişi majburiy bölgan tovarlarining röyxati va ularning belgilarini tasdiqlaş töğrisidagi qöşma qaror loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasi prezidentning 2024 yil 4 yanvardagi PF–5-son “Çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni 6-bandi uçinçi xatboşi topşiriği ijrosini ta’minlaş maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan.
Qaror loyihasi Özbekiston hududida işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilar tomonidan qayta işlanişi majburiy bölgan çiqindi tovarlarining belgilari böyiça röyxatni tasdiqlaş va muntazam ravişda zaruratga qarab majburiy bölgan çiqindi tovarlari belgilari böyiça röyxatga qöşimça va özgartirişlar kiritib boriş maqsadida işlab çiqilgan.
Qaror loyihasini qabul qiliş va kelgusida amalga oşiriş davlat budjetidan qöşimça mablağ talab etmaydi.
Taklif etilayotgan qaror loyihasi qabul qilinişi tufayli hosil bölgan çiqindi tovarlariga qöyilgan belgilarga qarab ularni qayta işlaşga yönaltirişda qulayliklar yaratiladi hamda atrof-muhit ifloslanişi oldi olinadi.













