Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniyadagi yosh yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston delegatsiyasi 14 yanvar kuni mamlakatimizning Berlin shahridagi elchixonasida Germaniyaning turli shaharlarida, qo‘shni mamlakatlarda ta'lim olayotgan, ilmiy izlanish olib borayotgan va yetakchi nemis kompaniyalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga Berlindan Kamoliddin Bediyev.
Uchrashuvda qatnashgan 100 nafardan ziyod yoshlarning aksariyati Germaniyada oliy ta'limdan so‘ng ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan yoshlar bo‘lgani bois, muloqot davomida asosan ilmiy ishlanmalar, g‘oya va tashabbuslarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirish, investitsiyalarni jalb etishda Yoshlar ittifoqining imtiyoz va preferensiyalar berish borasidagi imkoniyatlariga qiziqish yuqori bo‘ldi. Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yetakchi nemis kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning takliflarini muntazam o‘rganib borish masalasi qizg‘in muhokama qilindi.
Muloqotlarda Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarning yashash va o‘qish sharoitlari, fuqarolik pasporti, xorijga chiqish va kirish bo‘yicha viza kabi masalalar yuzasidan yechilmay yotgan muammolari mavjud emasligi ma'lum bo‘ldi. Yoshlarning vatanparvarlik hissi, o‘z salohiyatini O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlash ishtiyoqi va Vatan oldida burchdorlik kayfiyati yuqori ekani alohida sezilib turdi.
Bu uchrashuvning ahamiyatga molik tomoni shundaki, bu tadbir ilk bor yangi formatda tashkil qilindi. Ya'ni ochiq, jonli muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbir yoshlarimiz orasida ham katta qiziqish, ko‘tarinki ruh bilan qabul qilindi. Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan har bir savol, taklif va loyiha mavzulariga delegatsiya a'zolari tomonidan batafsil javob berildi. Ayrim yosh olimlarimiz o‘z innovatsion loyihalarini, kelajak rejalarini kichik taqdimotlar shaklida namoyish qilishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, Germaniya davlatida va qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan, ilmiy izlanish olib borayotgan va shu davlatning yetakchi firmalarida mehnat faoliyat yuritayotgan yoshlarimiz bunday uchrashuvlar tez-tez tashkil qilinishini yoqlab chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

21:18 / 30.03.2025
G‘arbiy Yevropa hududidan uchirilgan ilk kosmik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

07:57 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda

08:42 / 26.03.2025
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi

09:10 / 25.03.2025