G‘arbiy Yevropa hududidan uchirilgan ilk kosmik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Germaniya kompaniyasining Spectrum tashuvchi raketasi start olganidan 18 soniya o‘tib trayektoriyasini o‘zgartirdi va qulab tushdi.

Foto: Isar Aerospace
Germaniyaning Isar Aerospace kompaniyasi tomonidan Shimoliy Norvegiyadagi Annyoya kosmik markazi start maydonchasidan uchirilgan Spectrum raketasi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Start translatsiyasidan ko‘rish mumkinki, raketa muvaqqatli uchishni boshlagan, ammo oradan 18 soniya o‘tib parvoz trayektoriyasidan og‘a boshlagan va yana 10 soniyadan keyin yerga qulagan.
Qayd etilishicha, bu G‘arbiy Yevropa hududidan birinchi marta raketa uchirilishi hisoblanadi.
Annyoya orolidagi kosmoport 2023 yilda ochilgan. Germaniyaning Isar Aerospace kompaniyasi hozircha uning yagona mijozi hisoblanadi.
Ikki pog‘onali yengil Spectrum tashuvchi raketasining balandligi 28 metrni, diametri esa 2 metrni tashkil etadi — u og‘irligi 700 kilogrammgacha bo‘lgan kichik va o‘rtacha sun’iy yo‘ldoshlarni Quyosh-sinxron orbitasiga, 1000 kilogrammgacha bo‘lgan yukni esa Yer atrofidagi orbitaga olib chiqishga qodir. Foydali yukni orbitaga olib chiqishning narxi har bir kilogrammi uchun taxminan 10 ming yevroga baholangan.
Raketaning Going Full Spectrum nomli birinchi test missiyasi doirasida foydali yukni orbitaga olib chiqish ko‘zda tutilmagan edi.
«Maqsadimiz raketa tashuvchining barcha komponentlari va tizimlarini sinovdan o‘tkazish. Ushbu sinov parvozi natijasidan qat’iy nazar, Yevropaning kosmosga chiqishi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi», — degandi Isar Aerospace kompaniyasining kosmik missiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Aleksandr Dallono.
Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni SpaceX kompaniyasining Starship koinot kemasi navbatdagi sinov paytida portlab ketgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
O‘zbekiston | 09:41
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025