Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
Shuningdek, migrantlar Rossiya hududiga kirgandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan muddat 90 kundan 30 kungacha qisqartiriladi.
Foto: RIA Novosti
Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan yoki bo‘yin tovlagan taqdirda 25 mingdan 50 ming rublgacha jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Bunday qoidaga ega qonun loyihasi 10 fevral kuni Rossiya Davlat Dumasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Hozir Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, jarayondan bo‘yin tovlaganlik uchun 2-4 ming rubl miqdorida jarima ko‘zda tutilgan. Ma’muriy javobgarlikning yana bir chorasi sifatida hujjat Rossiyadan chiqarib yuborishni belgilaydi. Agar chet ellik belgilangan muddatda jarimani to‘lamasa, unga ikki baravar miqdorda jarima solinadi va majburiy ravishda ma’muriy chiqarib yuboriladi.
Loyihaga ko‘ra, migrantlarning shifokor ko‘rsatmasisiz giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki potensial xavfli psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishini, shuningdek, ularda yuqumli kasalliklar va OIV infeksiyasi mavjudligini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy jazo joriy etish nazarda tutilmoqda. Buning uchun tashkilotlar 1 mln rublgacha jarimaga tortiladi yoki 90 sutkagacha majburiy ravishda ishini to‘xtatib turadi.
Shuningdek, hujjat migrantlar Rossiya hududiga kirgandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan muddatni 90 kundan 30 kungacha qisqartirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mamlakatda 30 kundan ortiq bo‘lgan xorijliklar uchun har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish joriy etiladi.
Qonun loyihasini Duma spikeri Vyacheslav Volodin, shuningdek, Duma fraksiyalari rahbarlari va Duma raisi o‘rinbosari Irina Yarovaya boshchiligidagi 427 nafar deputatdan iborat guruh kiritdi.
«Taklif etilayotgan chora-tadbirlar migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish va mamlakatimizda jamoat xavfsizligini oshirishga qaratilgan», dedi Volodin.
Mavzuga oid
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
09:57 / 02.04.2026