Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
Xonanda mashina boshqaruvi paytida xavfsizlik kamarini taqmagan. U asabiy holatda bo‘lgani uchun buni unutib qo‘yganini aytgan.
Foto: Videodan kadr
Sardor Mamadaliyev jarima to‘laydigan bo‘ldi. U xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina boshqargan.
Xonanda biroz asabiy holatda bo‘lgani uchun xavfsizlik kamarini taqishni unutib qo‘yganini aytgan.
“Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini aytib, sudlarga kirib-chiqib yurganimizda ozgina asabiylashib, remen taqish ham esimdan chiqib qolibdi. O‘zi remen taqmasdan yurmayman, qonunlarni hurmat qilaman. Endi jahl chiqqanda ham remen taqamiz”, degan Sardor Mamadaliyev.
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun xonandaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina boshqarish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (hozirda 206 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Faqat belgilangan kasalliklarga ega va tibbiy ma’lumotnomasi mavjud fuqarolarga xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
13:13 / 15.04.2026
Oltita qurilish kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
08:54 / 14.04.2026
Dala chetlarida ekin ekmaganlarga jarima va oshirilgan soliq qo‘llanadi
09:58 / 08.04.2026