Jahon | 21:21 / 31.10.2023
8713
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Ayo-Sofiya masjidi restavratsiya qilinadi 

Tarixiy obida oxirgi marta 1848-1850 yillarda keng qamrovli restavratsiya qilingan. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya hukumati Istanbuldagi Ayo-Sofiya masjidini restavratsiya qilishni rejalashtirmoqda. U sobiq patriarxal pravoslav cherkovi bo‘lib, oldin Avliyo Sofiya nomi bilan atalgan. 

«Yaqin kunlarda rejalar, ko‘rinishlar va chizmalar tayyor bo‘ladi. Ushbu ishlar tugallangandan so‘ng darhol haqiqiy keng qamrovli restavratsiya boshlanadi», dedi masjidni tiklash bo‘yicha tuzilgan Ilmiy kengash a’zosi, me’mor Ehson Sori. 

Uning ta’kidlashicha, bu ishlar uchun masjidning «raqamli egizaki» maxsus tayyorlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, restavratsiya jarayoni ko‘p vaqtni oladi, Ayo-Sofiyaning har bir detali bo‘yicha maslahatlashuv olib boriladi. 

Ehson Sorining ta’kidlashicha, rasmiylar restavratsiya uchun allaqachon tender e’lon qilgan. Shu bilan birga, restavratsiya davrida masjid ibodat qiluvchilar va sayyohlar uchun ochiq bo‘ladi. 

Ayo-Sofiyaning yoshi 1486 yil bo‘lib, oxirgi marta 1848-1850 yillarda keng qamrovli restavratsiya qilingan. 1453 yilda Konstantinopol qo‘lga kiritilgach, cherkov masjidga aylantirildi. 1935 yilda u muzey maqomini oldi va 2020 yilda yana masjidga aylandi.  

Mavzuga oid