Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida ulkan bayroq hilpiray boshladi
7 dekabr kuni tunda Samarqand shahrining Ko‘ksaroy maydoni uzra o‘rnatilgan ulkan flagshtokda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i hilpiray boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘rnatilgan mazkur ulkan flagshtok samarqandliklarga o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Flagshtokning balandligi 60 metrni tashkil etadi. Unga ilish uchun maxsus tayyorlangan bayroqning eni 20 metr, bo‘yi 10 metrga teng.



Eslatib o‘tamiz, bunday ulkan bayroqlar barcha viloyat markazlarida hamda shaharlarda birin-ketin o‘rnatib kelinmoqda. Shunday bayroqlar poytaxtimiz Toshkent shahrida, Urganchda, Navoiyda va Olmaliqda o‘rnatilgan. Flagshtoklarning eng balandi Urganchdagisi hisoblanadi. Uning uzunligi 66 metrni tashkil etadi. Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida o‘rnatilgan flagshtokning balandligi 65 metrga teng.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025