Xorazm viloyati Urganç şahrining Amir Temur nomidagi istirohat boğida Özbekistonning ulkan bayroği örnatildi.

Uşbu bayroq boğ içida joylaşgan «Yoşlar markazi» oldidagi maydonga, 66 metrli flagştok uçiga örnatilgan bölib, ölçami 10x20 metrni taşkil qiladi.

Bayroq şahar körkiga körk qöşib, uzoq masofadan yaqqol közga taşlanib turadi.

Qayd etiş kerakki, bu bayroq mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyevning viloyatga taşrifi arafasida örnatildi.

Eslatib ötamiz, bungaça Özbekistondagi eng balandlikdagi bayroq şu yilning yozida Toşkentda, «Xalqlar döstligi» san'at saroyi oldiga örnatilgan bayroq bölib turgandi.